Kimyo talabalikka ilk qadam 1-qism I bob kimyoning asosiy tushunchalari



Yüklə 381,58 Kb.
səhifə5/24
tarix06.04.2022
ölçüsü381,58 Kb.
#85116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
2 5357362512188674321

1.4 oddiy modda (molekula) –

kimyoviy element (atom)

1. Moddaga tegishli bo‘lmagan xossalarni aniqlang.

1) zichlik; 2) yadro zaryadi; 3) elektron qavatlar;

4) qaynash va suyuqlanish temperaturalari;

5) izotoplar; 6) rang; 7) atom massa; 8) agregat holat.

A) 1,4,8 B) 2,3,5,7 C) 1,4,6,8 D) 3,5,7


2. Kimyoviy elementga tegishli bo‘lgan xossalarni aniqlang.

1) atom massa; 2) zichlik; 3) elektron qavat;

4) rang; 5) yadro zaryadi; 6) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 7) izotoplar

A) 1,3,5,7 B) 1,3,4,7 C) 1,2,4,5 D) 2,5,6,7 E) 4,5,6,7


3. Oddiy moddaga tegishli bo‘lgan xossalarni aniqlang.

1) yadro zaryadi; 2) zichlik; 3) elektron qavat;

4) atom massa; 5) izotoplar; 6) rang; 7) qaynash va suyuqlanish temperaturasi

A) 1,2,3 B) 2,5,7 C) 2,6,7 D) 1,4,6 E) 5,6,7


4. Quyidagi alomatlarning qaysilari moddaga

taluqli?


1) fosfor uch xil allotropik shakllarga ega

2) fosfor to‘rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklni hosil qiladi

3) fosfor III davrning V guruhida joylashgan

4) fosfor bug‘ining zichligi havoga nisbatan 4,28 gateng

A) 1.2.3 B) 1.2.4 C) 1.3.4 D) 2.3.4 E) 3.4
5. Quyidagi alomatlarning qaysilari

elementga tegishli?

1. kislorod havoga nisbatan og‘irroq

2. kislorodning molekulasida ikkita atom bor

3. kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va

18 m.a.b. ga teng bo‘lgan izotoplardan tashkil topgan

4. kislorod II davrning VI guruhida joylashgan

A) 1.2 B) 1.3 C) 1.4 D) 3.4 E) 2.4


6. Qaysi hollarda oddiy modda haqida gap boradi?

1) suv tarkibida kislorod bor:

2) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladilar:

3) qum tarkibida kislorod bor:

4) sulfat kislota tarkibiga kislorod kiradi:

5) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo‘lishi mumkin.

A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5 E) 2.5
7. Quyidagi hukmlardan qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi?

1) suvda kislorod mavjud;

2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi;

3) kislorod ko‘pdan-ko‘p minerallar tarkibiga kiradi;

4) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi;

5) kislorod ikkita atomdan iborat:

A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,4,5 D) 3,4,5 E) 1,4,5
8. Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritalayotganligini ko‘rsating.

1) inson organizmida kalsiy va uglerod bor;

2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi;

3) vodorod davriy jadvalda 1-davr I-guruhda joylashgan;

4) uglerod qattiq modda;

5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud

A) 2,5 B) 2,4 C) 1,2 D) 2,3 E) 4,5
9. Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang.

1) temir suvda erimaydi; 2) soch tarkibida oltin bor;

3) borning yadro zaryadi+5 ga teng; 4) qon tarkibida temir bor; 5) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi

A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,4 E) 1,4,5


10. Quyidagi hollarning qaysibirida kislorod molekulasi haqida so‘z boradi?

1) kislorod simob(II)-oksid tarkibiga kiradi;

2) kislorod havo tarkibiga kiradi;

3) gazometrga kislorod yig‘ilgan;

4) kislorod suvda yomon eriydi;

5) suv gazi tarkibiga kislorod kiradi

A) 3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,5 D) 2,3,4,5 E) 1,4,5
11. Quyidagi ta’riflar orasidan qaysilari

kimyoviy element tushunchasini to‘g‘ri talqin

etadi?

1) atomlarning muayyan ko‘rinishi



2) yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar turkumi

3) atom massalari bir xil bo‘lgan atomlar turkumi

4) tartib raqamlari bir xil bo‘lgan atomlar turkumi

A) 1.3 B) 2.3 C) 1.4 D) 2.4 E) 3.4


12. Qaysi ifoda (lar) da kislorod molekulasi haqida so‘z boradi?

1) kaliy permanganat parchalanganda kislorod ajraladi;

2) havo tarkibida 20% kislorod bor;

3) gazometrda kislorod yig‘ilgan bo‘ladi;

4) kislorod suvda yomon eriydi; 5) malaxit tarkibida kislorod bor.

A) 1,2,3,4 B) 3,5 C) 3,4 D) 1,2,5


13. Moddaga tegishli bo‘lgan xossalarni aniqlang.

1) zichlik; 2) yadro zaryadi; 3) elektron qavatlar;

4) qaynash va suyuqlanish temperaturalari;

5) izotoplar; 6) rang; 7) atom massa; 8) agregat holat.

A) 1,4,8 B) 2,3,5,7 C) 1,4,6,8 D) 3,5,7
14. Quyidagi iboralardan qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi?

1) suv molekulasi tarkibida kislorod mavjud;

2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi;

3) kislorod ko‘pdan-ko‘p minerallar tarkibiga kiradi;

4) ko‘pchilik moddalar kislorodda yonadi;

5) kislorod ikkita atomdan iborat;

6) vodorod peroksid tarkibida kislorod bor.

A) 2, 3, 6 B) 1,3,4 C) 1, 3, 6 D) 2,4,5



Yüklə 381,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə