Kimyo talabalikka ilk qadam 1-qism I bob kimyoning asosiy tushunchalari



Yüklə 381,58 Kb.
səhifə20/24
tarix06.04.2022
ölçüsü381,58 Kb.
#85116
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
2 5357362512188674321

Davriy o’zgarishlar
1. Quyidagi HF→HCl→HBr→HI qator bo‘yicha kislotalarning kuchi qanday tartibda o‘zgaradi?

A) kamayadi B) o‘zgarmaydi C) o‘zgaradi

D) ortadi E) Qatordagi barcha kislotalar teng kuchli
2. HClO→HClO2→HClO3→HClO4 qatorida kislotalar kuchi qanday o‘zgaradi?

A) kuchayadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi

D) kislotalar konsentratsiyasiga bog‘liq

E) temperaturaga bog‘liq


3. B(OH)3; CO(OH)2; NO(OH); NO2(OH) Ushbu qatorda birikmalarning kislotalik xossasi qanday o‘zgaradi?

A) ortadi B) kamayadi

C) oldiniga kamayib, so‘ngra ortadi

D) oldiniga ortadi, so‘ngra kamayadi


4. Quyidagi kislotalarning dissotsilanishi darajasi qanday tartibda ortib boradi?

A) HClO, HClO2, HClO3, HClO4

B) HClO4, HClO3, HClO2, HClO

C) HClO, HClO3, HClO2, HClO4

D) HClO2, HClO4, HClO, HClO3

E) HClO4, HClO2, HClO3, HClO


5. HOCl—HClO2---HClO3---HClO4 qatorida birikmalarning barqarorligi, oksidlovchi xossalari va kislotali xossalari qanday o‘zgaradi?

A) ortadi, kamayadi, kuchayadi

B) o‘zgarmaydi, ortadi, kamayadi

C) kamayadi, o‘zgarmaydi, o‘zgarmaydi

D) ortadi, ortadi, kuchayadi

E) kamayadi, kamayadi, o‘zgarmaydi


6. Oksidlovchilik xossasi yuqori bo‘lgan kislotani aniqlang.

A) xlorit kislota B) xlorat kislota

C) perxlorat kislota D) gipoxlorit kislota
7. Quyida keltirilgan moddalarda sanab o‘tilgan xususiyatlarning qanday o‘zgarishini ko‘rsating.

HClO, HClO2, HClO3, HClO4

1) kislota kuchi 2) turg‘unligi 3) oksidlovchilik

A) kuchayadi, pasayadi, pasayadi

B) kuchayadi, ortadi, pasayadi

C) pasayadi, pasayadi, ortadi

D) kuchayadi, o‘zgarmaydi, pasayadi

E) pasayadi, o‘zgarmaydi, ortadi


8. SO(OH)2, SeO(OH)2 va TeO(OH)2 Ushbu qatorda birikmalarning kislotalik xossasi qanday o‘zgaradi?

A) ortadi B) kamayadi

C) oldiniga kamayadi, so‘ngra deyarli o‘zgarmaydi

D) oldiniga ortadi, so‘ngra deyarli o‘zgarmaydi


9. Cl(OH), ClO(OH), ClO2(OH). Ushbu qatorda birikmalarning kislotalik xossasi qanday o‘zgaradi?

A) ortadi

B) kamayadi

C) oldiniga kamayadi, so‘ngra ortadi

D) oldiniga ortadi, so‘ngra kamayadi
10. Ushbu qatorda H2SO3-H2SeO3-H2TeO3 kislotalarning kuchi qanday o‘zgaradi?

A) kamayadi B) ortadi C) o‘zgarmaydi

D) maksimumdan o‘tadi E) minimumdan o‘tadi
11. Taklif etilgan moddalarni kislotali xossasi ortib borish tartibida joylashtiring.

1) perxlorat kislota 2) xlorit kislota

3) xlorat kislota 4) gipoxlorit kislota

A) 1,2,4,3 B) 2,1,4,3 C) 1,2,3,4 D) 4,2,3,1 E) 3,2,4,1


12. Qaysi kislota kuchli ftorid kislotami yoki xlorid kislotami? Nima uchun?

A) xlorid kislota kuchli. Chunki xlor atomining radiusi ftor atominikidan katta. Shu sababli manfiy zaryadga ega bo‘lgan xlorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini ftorid ionlariga nisbatan kuchliroq tortadi.

B) xlorid kislota kuchli. Chunki ftor atomining radiusi xlor atominikidan ancha kichik. Shu sababli manfiy zaryadga ega bo‘lgan ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga qaraganda kuchliroq tortadi.

C) ftorid kislota kuchli. Chunki ftor atomining radiusi xlor atominikidan kichik. Shu sababli manfiy zaryadli ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga qaraganda kuchsizroq tortadi.

D) ftorid kislota kuchli. Chunki ftorid ionining radiusi xlorid ionikidan ancha katta. Shu sababli ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga nisbatan kuchliroq tortadi.

E) ikkala kislota teng kuchli. Chunki ular tarkibidagi ftorid va xlorid ionlari galogenlar sinfiga mansub.




Yüklə 381,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə