Kimyo ta’lim yo’nalishi 2 kurs talabalari uchun Analitik kimyo fanidan test savollari


-mavzu: Kimyoviy muvozanatning turlari



Yüklə 145 Kb.
səhifə2/21
tarix13.05.2022
ölçüsü145 Kb.
#86932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Analitik kimyodan test 9.04

3-mavzu: Kimyoviy muvozanatning turlari. Kimyoviy qaytar reaksiyalar. Massalar ta’siri qonuni. Analitik kimyoda muvozanatning asosiy turlari: kislota-asosli muvozanat, kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish, cho‘ktirish. Analitik va muvozanat konsentratsiya.

1) Massalar ta’siri qonuni qaysi olimlar tomonidan ta’riflangan?

*A) Guldberg va Vaage B) Lavuazye va L. A. Chugaev C) Guldberg va N. A. Menshutkin D) V. Ostvald va V. Nernst

2) Reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati, eritmaning harorati va ion kuchiga bog‘liq bo‘lgan doimiy qiymat bu-…

A) *Konsentratsion muvozanat konstanta B) Termodinamik muvozanat konstanta C) Shartli muvozanat konstanta D) Aktivlik koeffitsienti

3) Ligandlarning ichki sferadagi maksimal soni markaziy ionning …. belgilaydi.

*A) koordinatsion sonini B) koordinatsion sig’im C)addend D)ligand

4) Quyidagi reaksiyada koeffisientlar qatorini tanlang

A) *3,6,2=3,2,3,4 B) 3,5,2=3,2,5,4 C) 2,4,6=2,3,3,4 D) 3,6,1=3,2,3,4

4-mavzu: Kislota-asosli reaksiyalarda muvozanat. Kislota va asoslar haqida hozirgi zamon tushunchalari. Brensted-Louri nazariyasi. Asosli va kislotali konstantalari. Har xil ko‘rinishdagi protolitik eritmalarda rNini hisoblash.

1) 1887 yilda qaysi olim o‘xshash moddalarning eritmalarida zaryadlangan zarrachalarga ajralish hisobiga zarrachalarning ortishi gipotezasini olg‘a surdi?

*A) Arrenius B) Brensted C) Louri D) Guldberg

2)Arrenius nazariyasi bo’yicha qaysi birikmalar dissotsilanganda H+ ionlarini va boshqa hech qanday musbat ionlarni bermaydigan molekuladir?

*A) Kislota B) tuz C) oksid D) asos

3) 1923 yilda qaysi olimlar bir-biridan bexabar holda kislota va asoslarning protolitik nazariyasini yaratdilar?

* A) Brensted va Louri B) Lavuazye va L. A. Chugaev C) Guldberg va N. A. Menshutkin D) V. Ostvald va V. Nernst

4) Arrenius nazariyasi bo’yicha qaysi birikmalar dissotsilanganda OH- ionlarini va boshqa hech qanday manfiy ionlarni bermaydigan molekuladir?

*A) asos B)Kislota C) tuz D) oksid


Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə