Kimyo tarixi



Yüklə 30,37 Kb.
səhifə3/5
tarix18.03.2023
ölçüsü30,37 Kb.
#102811
1   2   3   4   5
Kimyo tarixi

Ikkinchi bosqich (1860-1910 yillar) – tuzilish nazariyasining rivojlanish davri. Bu davrda organik birikmalarning ko‘plab sinflari kashf etilib organik sintez jadallik bilan rivojlana boshladi. Ko‘plab tabiiy birikmalardan qolishmaydigan sintetik moddalar sintez qilindi. Sintetik usul bilan bir qancha dorivor moddalar olindi. Organik birikmallar tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanishi natijasida yangi yo‘nalish – stereokimyo (1874) vujudga keldi.
Uchinchi bosqich (1910 yildan keyingi davr) – organik birikmalarning elektron nazariyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi davri. Bu davrning boshlarida organik moddalarning tarkibini va tuzilishini o‘rganish sohasida yangi fizikaviy metodlar vujudga keldi. 30-yillarga kelib esa kvant-organik kimyo fani

paydo bo‘ldi. Organik birikmalarning tuzilishi va ular ishtirokida sodir bo‘ladigan reaksiyalarning kvant-mexanik nazariya yuzasidan o‘rganish natijasida bir qancha tuzilishi murakkab bo‘lgan tabiiy birikmalar sun’iy ravishda sintez qilindi. Biokimyo va organik kimyoning rivojlanish cho‘qqisida yangi – molekulyar biologiya va bioorganik kimyo fanlari vujudga keldi va rivojlandi. Organik kimyo fani biologiya va tibbiyot bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.



3. Organik kimyoning fan sifatida ajralib chiqishi.
XIX asr boshida “Flogiston” nazariyasi davrida asta-sekin organik va noorganik moddalarni sinflarga bo‘linishi boshlandi. 1807 yilda Shved kimyogari Ya.Berselius tirik organizmdan olingan moddalarni organik moddalar deb atashni taklif qildi. Uning fikricha bu moddalarni noorganik moddaladan farqli holda sun’iy yo‘l bilan sintez qilib olish mumkin emas. Ya. Bersilusning fikriga ko`ra anorganik va organik moddalar orasidagi eng muhim farq shundaki, anorganik moddalarni laboratoriyada sintetik yo`l bilan olish mumkin, organik moddalar esa go`yo faqat tirik organizmlarda “ hayotiy kuch” – tirik organizmlardagi va ularni tashkil etuvchi organik moddalardagi “ rux”, “ilohiy kuch” ning kimyoviy sinonimi ta`siridan hosil bo`ldi. Ular sirli “hayotiy kuch” (vis vitalis) ta’sirida organik birikmalar hosil bo‘lishini targ`ib qiladigan nazariya deb tab olindi. Shundan so‘ng bu fikr tarafdorlarining “Vitalistlar” nazariyasi rivojlandi.

XIX – XX asrlar chegarasidayoq bu nazariyaga oid keluvchi faktlar ma`lum bo`lgan bo`lsa ham, bunazariya anchagina hukm surdi. Masalan, 1783-yildayoq K.Sheele anorganik moddalardan (ko`mir, novshadil va potashdan) kaliy sianid – o`simliklar dunyosida keng tarqalgan sianid kislotaning tuzini hosil qildi.


KCN + [O] ® KNCO
Bu hol “ hayotiy kuch ” g`arb o`lgan ishonchini kamaytirishi kerak edi, lekin boshqacha bo`lib chiqdi; sianid kislota hosilalarining sintetik usulda olinishi sianid kislotani va uning tuzlarini organik kimyodan “Haydab”, anorganik moddalar qatoriga kiritishga baxona bo`ldi. Bu nazariya ta`sirida organik kimyoning rivojlanishi ancha orqada qoldi. Lekin organik moddalarni tirik organizmdan tashqarida laboratoriya sharoitida moorganik moddalardan sintez qilish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan kimyogarlar ham ko`zga tashlana boshladi. Vitalistik nazariya tarafdorlari va ularning raqiblari

o`rtasidagi kurash natijasida organik kimyoda muhim yutuqlarga erishildi.


Lekin ma’lum vaqt oralig‘ida kimyogar-sintetiklar juda ko‘p tajribalar o‘tkazib yuqoridagi fikrning noto‘g‘riligini, ya'ni organik moddalarni noorganik moddalardan sintez qilish mumkinligini isbotlashdi. Bu ikki fikr tarafdorlari o‘rtasidagi kurash organik kimyoning organik sintez va organik analiz bo‘limlarining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
1824- yilda F.Vyoler sun`iy yo`l bilan yana bir organik modda hosil qildi – ditsiandan oksolat kislota oldi, 1828- yilda esa uning o`zi ammoniy sianitni mochevinaga aylantirdi. Xuddi ana shu sintez organik moddalarni su`niy usulda olish mumkinligi haqidagi masalani muhokama qilish uchun bevosita sabab bo`ldi. F.Vyoler Ya.Bersilusga yozgan xatida shundaydegan edi: “… Sizga shuni aytishim kerakki, buyrakdan va umuman, xoh inson bo`lsin, xoh it, hech qandey hayvondan foydalanmay turib mochevina hosil qila olaman… ”.

keyinchalik F.Vyoler o`zining kashfiyoti organik organik moddalarning sintetik usulda olish mumkin emas, degan fikrlarning rad etilishini bildirmaydimi, degan masalani qo`yadi. U o`z ustozidan bu savolga to`g`ri javob ololmadi. Yuqorida aytib o`tilgan sintezlar uzoq vaqtlargacha yagona sintezlar bo`lib qoldi va o`sha vaqtlarda hukm surgan nazariyalarga o`zgartirish kirita olmadi.


Xususan, mochevinani vitalizm tarafdorlari “organizmning chqindisi”, organik moddalar bilan anorganik moddalar chegarasida turadigan modda deb e`lon qiladilar. O`z zamondoshlaridan ko`pchiligini fikrini ifodalab, Sh.Jerar 1842 – yilda shunday deb yozgan edi: “ Hech qachon mochevinadan siydik kislota, spirtdan esa shaker olinmagan va hokazo. Bu jihatdan olinganda kimyo mutloqo ojizdir va agar mening tahminlarim to`g`ri bo`lsa doimo ojizligicha qoladi. Yana bir bor takrorlayman: kimyoviy kuchlar hayotiy kuchlarga bevosita qarama – qarshidir. Ximik shu sababli tirik

tabiatning harakatiga teskari yo`nalishda harakat qiladi: u kuydiradi, parcchalaydi, analiz qiladi. Hayotiy kuch sintez yordamida ish ko`radi, u kimyoviy kuchlar yemirgan narsalarni qaytadan tiklaydi…”.


Bir necha yil o`tar - o`tmay tajriba Sh.Jerarning bu fikrlarini rad etdi va tez orada vitalistik tasavvurlar organik kimyodan quvib chiqarildi. Turli mamlakatlardagi turli olimlar ko`pgina organik moddalarni sintez qila boshladilar. O`tgan asrning 60- yillarida yog`lar ni M. Bertlo, shakarlar A.M. Butlerov 1861- yil, shu kabi muhim moddalarning sintez qilinishi vitalizmning uzil-kesil tor-mor etilishida (puchga chiqarilishida) muhim ro`l o`ynadi. 1860- yilda M.Bertlo “Органическая химия на базе синтеза” degan kitobida o`zining tadqiqotlaridan maqsad – organik kimyoga taalluqli barcha nazariyalardan hayotiy kuchn surib chiqarish, deyishiga to`la aasos bor edi.

Lekin organik kimyodan hayotiy kuch batamom surib chiqarilishi bilan organik va anorganik moddalar orasidagi Ya. Berselius eng muhim belgi deb hisoblagan farq ham yo`qoldi. Endi organik moddalarni boshqa barcha birikmalar qatorida kp`rib chiqishga, ya`ni organik kimyoni anorganik kimyo bilan qo`shib yuborishga hech qanday to`siq qolmaganday edi. Ma`lumki, bunday bo`lmadi, aksincha, xuddi XIX asrning o`rtalaridan boshlab organik kimyo tez suratlar bilan rivojlana boshladi, uni hozirdagi kabi uglerod birikmalarining kimyosida sifatida qaray boshladilar. Organik kimyoga uglerod birikmalr kimyosi sifatida qaragan dastlabki olimlardan biri A.M. Butlerov edi.


Tarixiy rivojlanish shunday bo`ldiki, xuddi organik kimyoning o`zida, bu fan paydo bo`lgan davrdan boshlaboq, ko`pgina umumkimyoviy masalalarga – atom molekulalar, ularning nisbiy massalari, molekulalarning ichki tuzilishi, atomlarni bog`lovchi kuchlaning tabiati haqidagi masalalarga javob topish qizg`in ishlar

boshlandi. Bu tasodifiy hol emas: organik kimyoda doimo bu masalalarga javob topishga undovchi kuchli sabab bor edi. Bunda biz izomeriyani – molelulalarining tarkibi bir xil bo`lgan turli moddalar mavjudligini nazarda tutiladi. Mantiqan fikr yuritib ko`rilganda moddalarning tarkibi bir xil bo`lib, xossalalri jihatdan farq qilsa, demak, molekulalarning ichki tuzilishida farq bo`lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Shunday ekan, molekulalarning ichki tuzilishini aniqlash yo`llarini izlash lozim.




Yüklə 30,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə