Kimyo tarixi


Radikallar va tiplar nazariyasi



Yüklə 30,37 Kb.
səhifə4/5
tarix18.03.2023
ölçüsü30,37 Kb.
#102811
1   2   3   4   5
Kimyo tarixi

4.Radikallar va tiplar nazariyasi
A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1.Modda molekulasini tashkil qiluvchi atomlar bir-biri bilan tartibsiz holda emas, balki ma'lum izchillikda, o‘z valentliklariga muvofiq ravishda kimyoviy bo‘glanishlar vositasida bog‘langan.
2. Har qanday moddaning xossalari nafaqat sifat va miqdoriy tarkibiga, balki molekusining tuzilishiga ham bogliq.
3.Moddaning xossalariga asoslanib uning molekulasi tuzilishini yoki aksincha, molekulyar tuzilishga ko‘ra moddaning xossalarini aniqlash mumkin.

4.Molekuladagi atom yoki atomlar guruhi bir-biriga bevosita va bilvosita ta'sir ko‘rsatadi.




Radikallar nazariyasi. Butlerov tomonidan kashf etilgan bu nazariya yordamida o‘sha vaqtda ma'lum bo‘lgan va yangi topilgan moddalarni to‘la sinflash mumkin bo‘ldi, yangi moddalarning sintez yo‘llari ko‘rsatildi.
A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilish nazariyasi yaratilguniga qadar e'tiborga molik bir necha nazariyalar mavjud edi.
Radikallar nazariyasining yaratilishiga binar birikmalari ustida olib borilgan tadqiqotlar sabab bo'ldi. Bu tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, bir qator kimyoviy reaktsiyalarda bir necha atomlardan tashkil topgan muayyan gruppalar bir birikma molekulasidan ikkinchi birikma molekulasiga uzgarmas-dan o'tadi.

Bunday gruppalarni 1815 yilda Gey-Lyussak radikallar deb atadi.


Organik kimyo rivojlanishiga radikallar nazariyasi katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi, chunki bu nazariya ijodiy izlanishlarga sabab bo'ldi. Lekin radikallar nazariyasining muhim kamchiliklari ham bor edi, shuning uchun keyinchalik bu nazariyadan quyidagi sabablarga ko'ra voz kechishga to'g'ri keldi.
1) Radikallar nazariyasi radikallar qanday tuzilgan degan masalani o'z ichiga olmagan, shu sababli bir taraflama bo'lib, fanning uzoq muddat rivojlanishi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bo'la olmas edi.
2) Radikallar har xil ximiyaviy o'zgarishga uchramaydi yoki juda qiyin uchraydi deb faraz qilinar edi


Yüklə 30,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə