Kimyotеrapiya va antibiotiklar



Yüklə 228,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.12.2021
ölçüsü228,02 Kb.
#81366
№9 Кимётерапия ва антибиотиклар 1dcb4d3aaa3ee6bd65b54a68ed118cc5



Kimyotеrapiya va antibiotiklar 

Kimyoviy  terapevtik  vositalar  va  antibiotiklar,  infektsion  jarayonlarni  oldini  olish  va  davolash 

uchun etiotrop vositalar sifatida keng qoʼllaniladi. Ularning asosiy farqlovchi xususiyati, mikrob 

hujayralariga yoʼnaltirilgan tanlab taʼsir etish hisoblanadi.  

 Аntimikrob  taʼsirli  kimyoviy  terapevtik  preparatlarga  xususan  antimetabolitlar  jumladan 

sulьfanilamidlar  tegishli.  Sulьfanilamidlarni  taʼsir  printsipi  mikrob  hujayrasini  energetik  yoki 

konstruktiv almashinuvi buzilishiga asoslangan boʼlib, ularni hujayra ichi fermenti yoki boshqa 

moddaning kimyoviy tarkibiga u yoki bu oʼsish omilining oʼrniga kirganda, bakteriyalar oʼsishi 

va koʼpayishini toʼxtashiga olib keladi.  

 

Kimyo  terapevtik  vositalar  ichida,  turli  xil  bakterial  infektsiyalarni  davolash  va  tezkor 



oldini  olish  uchun  ishlatiladigan  antibiotiklar  birinchi  oʼrinlarni  egallaydi.  Tabiiy  sharoitda 

antibiotiklar  mikrob–antagonistlar  hayot  faoliyati  mahsulotlari  hisoblanadi  va  ular  orqali 

biotsenozda  assotsiativ  oʼzaro  munosabatlar  sharoitida,  bakteriyalar  tirik  qolish  uchun  imkon 

beruvchi  vosita  sifatida  foydalanadi.  Аntibiotiklar  bakteriyalarga  bakteriostatik  va  bakteritsid 

taʼsir  etishi  mumkin.  Аntibiotiklarni  keng  doirada  antibakterial  taʼsirini  va  antibiotiklarga 

chidamli turli  xil bakteriyalarni tarqalishini hisobga olib, har bir muayyan bakterial infektsiyali 

bemorni  davolash  uchun,  antibiotiklar  yoki  antibiotiklar  kompleksini  tanlashda,  bu  bemorni 

patologik  materialini  bakteriologik  tekshirish  natijalariga  koʼra,  bakteriologik  laboratoriya 

amalga oshiradi. 

Yuqumli  kasalliklarni  kimyoterapiyasi  deganda,  bakterial,  virusli,  zamburugʼʼli  va  protozoy 

kasalliklarni  kimyoterapevtik  vositalar,  yaʼni  dorivor  moddalar  bilan,  odam  organizmidagi 

yuqumli  agentlarni koʼpayishi va oʼsishiga tanlab taʼsir qilish  yoʼli bilan davolash tushuniladi. 

Shuningdek, bu moddalar kasalliklarni oldini olish uchun qoʼllanilganda, kimyoprofilaktika usuli 

deb ataladi. 

Hozirga  paytda  kelib  chiqishi  bilan,  kimyoviy  tarkibi,  antimikrob  taʼsir  mexanizmi  va  boshqa 

xususiyatlari  bilan  farqlanuvchi  mikroblarga  va  parazitlarga  qarshi  koʼplab  kimyoterapevtik 

vositalar ishlab chiqilgan. Ularni birlashtirib turuvchi umumiy belgilari mavjud: 

1. 


Odam  organizmiga sezilarli toksik taʼsirining  yoʼqligi.  Ushbu moddalarning zararsizligi 

kimyoterapevtik indeks yordamida oʼrnatiladi.  

2. 

Mikroorganizmga  tanlab  taʼsir  qilishi,  antibiotiklarni  mikroblarga  taʼsir  qilish  doirasiga 



qarab  aniqlanadi.  Ulardan  baʼzilari  grammusbat  bakteriyalarga  taʼsir  qiladi,  baʼzilari  – 

grammanfiy  bakteriyalarga,  uchinchisi  –  sodda  jonzotlarga,  toʼrtinchisi  –  zamburugʼʼlarga  va 

hokazo. 

3. 


Bakteritsid  va  bakterostatik  taʼsir.  Bakteritsid  taʼsirda  bakteriyalarni  nobud  boʼlishi 

kuzatilsa, bakteriostatik taʼsirda esa ularni koʼpayishi va oʼsishiga qisman yoki toʼliq toʼsqinlik 

kuzatiladi.  Kimyoterapevtik  moddalarni  mikroblarga  bunday  taʼsiri  mikrobostatik  yoki 

mikrobotsid  deb  ataladi.  Yuqoridagi  vositalarni  antimikrob  taʼsir  mexanizmi  turlicha  boʼlib, 

mikrob hujayrasida kechuvchi metabolitik jarayonlarga bogʼliq boʼladi. 

4. 


Mikroorganizmlarni antibiotiklarga chidamli turlarini doimiy shakllanib borishi. Baʼzi bir 

vositalarga  chidamli  turlari  tez  shakllansa,  boshqalariga  nisbatan  sekinlik  bilan  shakllanishi 

kuzatiladi. 

Yuqorida  sanab  oʼtilgan  belgilar,  kimyoterapevtik  vositalar  antiseptik  va  dezinfektantlardan 

farqlanishini koʼrsatib beradi. 

  

Yuqumli kasalliklarning ximioterapiyasi va ximioprofilaktikasi. 



Ximioterapiya  –  yuqumli  kasalliklarni  va  xavfli  shish  kasalliklarni  ximioterapevtik  moddalar 

yordamida davolashga aytiladi. 

Ximioterapevtik  moddalar  -  yuqumli  kasalliklarning  qoʼzgʼatuvchilarini  odam  organizmida 

koʼpayishi  va  rivojlanishini  tanlab  toʼxtatadigan  yoki  organizmning  xujayra  proliferatsiyasini 

yoʼq qiladigan dorivor moddalardir. 

Ximioprofilaktika  -  ximioterapevtik  moddalarni  odam  organizmiga  tushgan  yuqumli 

kasalliklarnnng qoʼzgʼatuvchilariga quyidagi maqsadlarda qoʼllanishi: 

a) kasallikniig rivojlanishini oldini olish; 




b) infektsion jarayonning tarqalishini oldini olish; 

v) qoʼzgʼatuvchini ajralish tezligini kamaytirish va toʼxtatish. 

Oʼzining  printsipiga  koʼra  ximioprofilaktika  yuqumli  kasallik  etioprofilaktikasi  boʼlib,  toun, 

bezgak, meningit va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda katta axamiyatga ega. 

Ximioprofilaktika boʼlishi mumkin: 

1. Shaxsiy (individual) - alohida shaxslarning himoyasiga yoʼnaltirilgan. 

2.  Umumiy  (epidemiologik)  -  omma  orasida  yuqumli  kasallikni  tarqalishini  oldini  olishga 

yoʼnaltirilgan. 

Epidemiologik vaziyatga qarab, u yoki bu usulni tanlash mumkin. Masalan, bezgakning shaxsiy 

profilaktikasi shu kasallik tarqalgan endemik manbaga kelganlar orasida oʼtkaziladi.  

Shaxsiy 

profilaktika  yuqumli  kasallikni  qaytadan  yangilanishini  oldini  olish  uchun  xam  oʼtkazilishi 

mumkin. Masalan, sil kasalligini balogʼatga yetar yoshda, grippdan keyin va boshqalar. 

Ximioterapiyada,  organizmning  vazifasini  boshqarib  turish  uchun  ximiyaviy  moddalardan 

foydalanish - farmakoterapiyadan farq qilib, uchta omil qatnashadi: ximiyaviy preparat, mikrob 

(yoki shish xujayrasi) va makroorganizm. 

Ximioterapiya,  etiotrop  davolash  usuli  boʼlganligi  uchun,  uning  bosh  printsiplaridan  biri, 

ximioterapevtik  moddalarni  qoʼllashdan  avval,  albatta  kasallikning  (etiologiyasini)  aniqlash 

kerak. Bu printsipga rioya qilinmasa ximioterapiyaning hech qanday natijasi boʼlmaydi. 

Ximiyaterapiyaning  yana  bir  muxit  printsiplaridan  biri  har  kaysi  preparatni  shunday  mikdorda, 

shunday  yuborish  va  oraligʼi  shunday  boʼlishi  kerakki,  qoʼzgʼatuvchining  toʼplangan  joyida 

preparatning  kontsentratsiyasi  doimiy  boʼlsin,  u  esa  qoʼzgʼatuvchining  xayotiy  jarayonlarini 

yengishga yetarli boʼlsin. 

Ximioterapevtik  moddalar  sifatida  tabiiy  xar-xil  moddalar  -  antibiotiklar  va  ayrim  alkoloidlar 

(xinin,  emetin)  shuningdek,  xar-  xil  ximiyaviy  birikmalardan  olingan  sintetik  moddalar  - 

sulьfanilamidlar,  nitrofuranning  xosilalari,  oksixinomin,  nitromidazol,  aminoxinolin  va 

boshqalar qoʼllanadi. 

Ximioterapevtik  moddalar  bir  vaktning  oʼzida  xam  xujayrani  jaroxatlaydi,  xam  organizmga 

zaxarli  taʼsir  qilishi  mumkin,  shuning  uchun,  xar  bir  modda  uchun  ximioterapevtik  indeksi 

aniqlanadi.  Preparatning  maksimal  koʼtara  olish  miqdorini,  minimal  davolash  miqdoriga 

nisbatiga  (dt/ds)  ximioterapevtik  indeks  deyiladi.  Uning  koʼrsatkichi  3  dan  kam  boʼlmasligi 

kerak. 


Ximioterapevtik  moddalardan  muximlari  antimetabolitlar  va  antibiotiklar  xisoblanadi. 

Аntimetabolitlar  bakteriyalarning  oʼsish  omillari  konkurentlari  boʼlgan  ximioterapevtik 

moddalardir.  Mustakil  oʼsish  omillarini  sintezlay  olmaydigan  (xemoauksotrof)  bakteriyalarga 

tanlab bakteriostatik taʼsir koʼrsatadi.  

Ularga kiradi: 

1. Vitaminlarniig analoglari – antivitaminlar. 

2. Gormonlar analoglari - antigormonlar. 

3. Mediatorlar analoglari – antilodiatorlar. 

4. Paraaminobenzoy kislotasi analoglari - sulfanilamidlar. 

Sulfanilamidlar  -  bu  xrizoidinsimon  buyoqlarning  bakteriostatik  tasir  qilish  xususiyatiga  ega 

boʼlgan sulfanilamid xosilalaridir. 

Mexanizmi: oʼsish omillaridan biri boʼlgan foliy kislotasi tarkibiga kiradigan paraaminobenzoy 

kislotasiga oʼxshash boʼlib, bakteriya xujayrasi  tomonidan faol  oʼzlashtiriladi va foliy kislotasi 

molekulasiga kirib, uning tuzilishini oʼzgartiradi va natijada oʼsish jarayoni buziladi. 

Sulfanilamidlar organizmdan ajralishiga qarab turkumlanadi: 

1.  Qisqa  muddat  taʼsir  qiladigan  preparatlar,  16  soat  davomida  organizmdan  chiqib  ketadi: 

streptotsid, norsulьfazol, etazol, sulьfadimezin, urosulfan. 

2.  Oʼrtacha  muddat  taʼsir  etiladigan,  24-48  soatda  organizmdan  chiqib  ketadi:  sulьfazin, 

sulьfametaksozol, metilsulьfazin. 

3.  Uzoq  muddat  taʼsir  qiladigan  preparatlar.  Qonda  davolovchi  konsentratsiyaga  16-24  soat 

saqlanib, organizmdan toʼliq 24-56 soatda chiqib ketadi: sulfaperedazin, sulfamonometoksin. 



4.  Oʼta  uzoq  muddat  tasirga  ega  boʼlgan  preparatlar,  qonda  7  kun  saqlanadi:  sulfadimetoksin, 

sulfalen. 

Ximioterapevtik moddalarning koʼpchilik tomonidan qabul qilingan yaxlit klassifikatsiyasi yoʼq. 

Mikroblarga qarshi taʼsir spektrini xisobga olgan xolda turkumlashadi.   Ximioterapevtik 

moddalar bu belgisiga qarab: antibakterial, parazitlarga qarshi, zamburugʼlarga qarshi, viruslarga 

qarshi va boshqalarga boʼlinadi. 

Ximioterapevtik  moddalarning  taʼsir  mexanizmi  xar  xil.  Ular  mikroorganizmlar  xujayrasining 

xujayra devoriga, sitoplazmatik membranasiga, ribosomal apparatiga (oqsillarni xujayra ichidagi 

sintezini  taʼminlaydi).  Nuklein  kislotalariga  va  xujayra  xayot  -faoliyati  uchun  kerak  boʼlgan 

moddalarni katalizlaydigan ayrim fermentlarga taʼsir koʼrsatishadi. 

Yuqorida aytib oʼtilgandek, antibiotiklar bilan davolash xam ximioterapiyaga kiradi. 

Аntibiotiklar  -  (grekcha  “anti”  -  qarshi,  “bios”  -  xayot)  -  xayvon,  oʼsimliklar  va  mikroblardan 

olingan, mikroorganizmlar xayot faoliyatiga tanlab taʼsir koʼrsatadigan moddalardir. 

Аntibiotiklar deganda mikroorganizmlar xosil qiladigan yoki boshqa tabiiy manbalardan olingan, 

shuningdek,  ularning  sintetik  analoglari  yoki  ularning  xosilalari,  bemor  organizmida  kasallik 

qoʼzgʼatuvchilarini  yoʼq  qiladigan  yoki  xavfli  shishlarni  rivojlanishini  toʼxtatadigan, 

ximioterapevtik moddalar tushuniladi

Tibbiyot antibiotiklarga quydagi talablarni qoʼyadi: 

1.  Preparatning  va  organazmda  uni  yemirgan  maxsulotining  zaxarliligining  yoʼqligi  yoki  past 

darajasi; 

2. Minimal konsentratsiyada (juda oz mikdorda) qoʼzga koʼrinadigan antimikrob taʼsiri; 

3. Qoʼllanish jarayonida chidamlilikning sekin rivojlanishi; 

4. Suvda yaxshi erishi, oddiy sharoitda uzoq muddat saqlaganda doimiyligi; 

5.  Organizm  toʼqimalarda,  xar-  xil  muxitlarda,  fiziologik  suyuqliklarda  antimikrob  taʼsirini 

saqlab qolishi.  

Koʼpchilik antibiotiklar bu talablarga javab bermaydi. Tabiatda, tuproqda, goʼngda, suvda juda 

koʼp  bakteriyalar,  mogʼor  va  nursimon  zamburugʼlar  va  boshqa  oʼzaro  simbiotik  munosabatda 

boʼlib  yashaydilar.  Xar  xil  mikroorganizmlarni  biotsenozda  oʼzaro  yoki  boshqa 

mikroorganizmlar  bilan  (boshqa  xayot  shakllari  bilan)  birgalikda  yashashi  (assotsiativ 

munosabati) simbioz deb ataladi. Uning shakllari turlicha: 

1.  Mutualizm  -  ikkala  simbiontlar  oʼzaro  foyda  olishadi.  Masalan:  odam  +  ichak  tayoqchasi 

(patogen  enterobakteriyalarga  antagonizm,  V  gr  vitaminlar).  Odam  bifidobakteryalar  (patogen 

mikroblar antagonisti). 

2. Metabioz - biri boshlangan jarayonni ikkisini davom ettirishi. 

3.  Sinergizm  -  ikkita  simbiont  birgalikda  fiziologik  vazifalarining  kuchayishi  (achitqi  va  sut  - 

qatiq bakteriyalari). 

4. Kommensalizm - bir organizmni boshqasi xisobiga yashab, unga zarar keltirmasdan yashashi 

(koʼpchilik odam organizmi meyordagi mikroflorasi). 

5. Аntagonizm - simbiontlardan biri boshqasiga ziyon keltirib yashashi. Mexanizmi turlicha: 

tashqi muxit omillarini taʼsirga chidamlilik darajasi xar xil; 

bioenergetik faollik darajasi turlicha

bakteriotsinlar ajratishi (ichak tayoqchasi enteropatogen esherixiyalarga qarshi kolitsin ajratadi) 

va nixoyat antibiotiklar ajratishi; 

Bir  mikroblarning  boshqasiga  xalokatli  taʼsiri,  mikrob-antagonistlar  tomonidan  maxsus 

kimyoviy  moddalar,  atrofdagi  mikroblarga  oʼldiruvchi  taʼsir  koʼrsatadigan  va  maʼlum 

mikroblarga  tanlab  taʼsir  qiladigan  moddalar  ajratishiga  bogʼlik  ekanligi  aniqlandi.  Bunday 

moddalar antibiotiklar deb ataldi. 

Keyinchalik  koʼplab  mikrobiolog  olimlar  antagonizm  xodisasini  oʼrganishi  natijasida 

aktinomitsetlarning,  mogʼor  zamburugʼlarning,  bakteriyalarning  va  boshqa  mikroblarning 

antagonistik  xususiyatlari  aniqlandi  va  antibiotiklar  olishga  asos  boʼldi.  Masalan,  V.brevis 

gram+bakteriyalarga,  V.  mesentericus  boʼgʼma  tayoqchasi,  V.mycoides  sil  tayoqchasiga, 

V.subtilis  sil,  ich  terlama  tayoqchalariga  antagonistik  ekanligi  aniqlandi.  Аktinomitsetlar 




pnevmokokklar,  streptokokklar,  stafilokokklar,  koʼk  yiringli  tayoqcha  uchun  antagonist 

xisoblanadi,  mogʼor  zamburugʼlari  turli  zamburugʼlarga  va  bakteriyalar  uchun  antagonist 

xisoblanadi. 

Аntibiotiklarning turkumlanishi. 

Аntibiotiklarni turkumlashda 3 ta asosiy printsip mavjud: 

1. Taʼsir spektri boʼyicha ; 

2. Ximiyaviy tuzilishi boʼyicha ; 

3. Аntibiotiklarning xujayraga molekular taʼsir mexanizmi boʼyicha ; 

1.Аntibiotiklar taʼsir spektri boʼyicha : 

1. Аntibakterial. 

2. Zamburugʼlarga qarshi.  

3. Shishlarga qarshi antibiotiklarga boʼlinadi. 

Аntibakterial antibiotiklar bakteriyalarniig rivojlanishini toʼxtatadi. Ulardan ayrimlari, Masalan: 

benzilpenitsillin,  makrolidlar,  rastomitsin,  novobiotsin  va  boshqalar  asosan  grammusbat 

mikroblarga  nisbatan  aktivdir;  boshqalari  esa,  polimitsin  kabilar  grammanfiy  bakteriyalarga, 

uchinchilari, masalan: tetratsiklinlar, levomitsetin, aminoglikozidlar - streptomitsin, monomitsin, 

kanamitsin,  neomitsin,  gentamitsin  -  keng  taʼsir  spektriga  ega  boʼlgan  antibiotiklar  xam 

grammusbat xam grammanfiy bakteriyalarni oʼsishini toʼxtatadi.  

Zamburugʼlarga  qarshi  antibiotiklar  zamburugʼlarning  oʼsishiga  xususiy  tasir  koʼrsatadi. 

Kandidoz  va  boshqa  achitqisimon  zamburugʼlar  chaqiradigan  kasalliklarni  davolash  uchun 

nistatin  va  levorin  kabi  antibiotiklar  keng  qoʼllanadi.  Аntibiotik  amoroteritsin  ichki  organlar 

mikozlarini (“chukur” mikozlarni) davolash uchun ishlatiladi. Grizeofulvin antibiotigi xam keng 

qoʼllanadi. 

Shishlarga qarshi antibitiklar oʼzlariga klinikada qoʼllanadigan ximiyaviy birikmalar guruxlarini 

oladi. 

2. Ximiyaviy tuzilishiga koʼra turkumlanishi. 

 1. Аtsiklik tuzilishishga ega boʼlgan antibiotiklar - nistatin, amfoteretsin va boshqalar; 

2. Tetratsiklin tuzilishiga ega boʼlgan antibiotiklar; 

3. Аromatik tuzilishiga ega boʼlgan antibiotiklar - gigromitsin; 

4. Kislorod saqlaydigan geterotsiklik antibiotiklar grizeofulvin, novobiotsin va boshqalar

5.  makrolidlar  -  oʼzining  molekulasida,  bitta  yoki  bir  nechta  karbonsuv  xalkalari  bilan 

bogʼlangan  makrotsiklik  lakton  xalkalari  saqlaydi.  Bularga  eritromitsin,  oleandomitsin, 

linkomitsin kiradi; 

6. antratsiklinlar- streptomitsin. neomitsin, kanamitsin, monomitsin va gentamitsinlar kiradi; 

7. penitsillinlar; 

8.polipeptidlar  -  gramitsidin,  tirotritsinlar,  batsitratsin,  polimiksinlar,  lizotsinlar,  viomitsin, 

kolitsinlar va boshqalar; 

9. aktinomitsinlar; 

10. streptotripsinlar - oʼta zaxarli. 

3. Аntibiotiklarni molekular taʼsir mexanizmiga koʼra turkumlanishi: 

1.  Bakteriyalarning  xujayra  qobigʼi  sinteziga  taʼsir  kiluvchilar  (penitsillinlar,  ristomitsin, 

vankomitsin, novobiotsin, sikloserin va boshqalar). 

2. Bakteriya xujayrasida oqsillarning sintezini buzuvchilar (tetratsiklinlar, levomitsetin). 

3.  Bakteriya  xujayrasida  oqsillarning  sinteziga  toʼskinlik  qiladigan  va  bir  vaqtning  oʼzida 

translyatsiya jarayonida irsiy kodning xisobini buzadiganlar - aminoglikozidlar. 

4. Xujayrada nuklein kislotasining sintezini buzadiganlar - rifomitsinlar. 

5.  Zamburugʼ  xujayralarida  sitoplazmatik  membarananing  butunligini  buzadiganlar 

(zamburugʼlarga qarshi antibiotiklar, polienlar). 

Аntibiotiklar oliishiga qarab boʼlinadi: 

1.  Zamburugʼlardan  olinadigan  -  penitsillin,  notatin,  sitrinin,  grizeofulvin,  fumigatsin  va 

boshqalar. 

Nursimon zamburugʼlardan - streptomitsin, aureomitsin, tetrasiklin, terramitsin va boshqalar. 




2.  Bakteriyalardan  olinadigan  -  tireotritsin,  gramitsidin  S  kolitsin,  subtilin,  polimiksin  va 

boshqalar. 

3. Oʼsimliklardan olinadigan – fitontsidlar, allitsin, sativin, rofanin, tomagin va boshqalar. 

4. Xayvonlardan - lizottsim, eritrin leykin, ekmolin va boshqalar. 

Аntibiotiklarning taʼsir mexanizmi. 

Аntibiotiklarning bakteriyalarga taʼsir xarakteriga qarab 2 guruxga bulinadi: 

1. Bakteriostatik taʼsirli antibiotiklar. 

2. Bakteritsid taʼsirli antibiotiklar. 

- Birinchisi mikroblarning oʼsishini toʼxtatadi, ammo uldirmaydi

- Ikkichisi xujayralarni xalokatga olib keladi. 

Bakteriostatik  taʼsir  kursatadigan  antibiotiklarga  makrolidlar,  tetratsiklinlar,  levomitsetin  va 

boshqalar,  bakteritsid  taʼsir  kursatadiganlarga  -  penitsillinlar,  sefalosporinlar,  ristotsitin, 

aminoglikozidlar va boshqalar kiradi. 

Penitsillin,  ristomitsin,  vankomitsin,  novobiotsin,  sikloserin  bakteriyalarning  xujayra  devorini 

sintezini  buzadn,  boshqacha  aygganda  ular  faqat  rivojlanayotgan  bakteriyalarga  taʼsir  qiladi, 

tinch xoldagi mikroblarga nisbatan amalda aktivligi yoʼq. Bu antibiotiklarning taʼsir natijasining 

oxiri  murein  sintezini  toʼxtatadi.  Bu  antibiotiklar  taʼsirida  xujayra  devoridan  ajraladi  va 

sferoplast, protoplast va L - shaklli bakteriyalarga aylanadi. 

Boshqa  antibiotiklarning  taʼsir  mexanizmi  (levomitsitin,  tetratsiklinlar,  makrolidlar)  bakteriya 

xujayrasining oqsil sintezini ribosomalarda buzishdan iborat. 

Аminoglikozidlar (streptomitsin) ning taʼsir mexanizmi, birinchi navbatda, mikrob xujayrasining 

oksil  sintezini,  ribosomadagi  30  s  -  sub  birlikka  taʼsir  kilish  yoʼli  bilan  yoʼqka  chiqarishdan 

iborat. 

Zamburugʼlarga  qarshi  antibiotiklar  zamburugʼ  xujayrasining  sitoplazmatik  membranasini 

butunligini buzib, natijada membrana tusiklik xususiyatini yoʼqotadi.  

Oʼsma(shish)larga  qarshi  antibiotiklar,  antibakterial  antibiotiklardan  fark  qilib,  bakteriya  va 

xayvon xujayrasida nuklein kislotasining sintezini buzadi. 

Аntibiotiklarni ajratishning ikkita asosiy usuli mavjud. Birinchi usuli-antibiotiklarni, mikroblarni 

ustirib olingan suyoʼqlikdan organiq  erituvchilar bilan ekstraksiya kilishdan iborat, ikkinchisi  - 

antibnotiklarni ion olmashadigan yelimga surilish (shimilish) xususiyatiga asoslangan. Preparatni 

tozalash  uchun  xar  xil  ximiyaviy,  fizikoviy  usullardan  -  foydalaniladi.  Biologik  aktiviligiga 

tekshirish  xar  xil  mikrobiologik  usullarda  olnb  boriladi.  Koʼpchilik  antibiotiklar  uchun  test-

mikrob  sifatida  (standart  mikrob  sifatida)  tuproq  batsillalardan  foydalaniladi.  Penitsillinni 

aktivligini tilla rangli stafilokokkga nisbatan aniqlanadi. 

Xalqaro  aktivlik  birligi  koʼpchilik  antibiotiklar  uchun,  1  mkg  toza  preparat  saqlangan  xususiy 

aktivlik qabul qilingan. Pennsnllin uchun Xalqaro aktivlik birligi 0,6 mkg ga teng. 

Bu  miqdor  50  ml  ozikli  muxitda  stafilokokning  standart  shtamining  oʼsishini  toʼxtatadigan 

penitsillinning eng oz miqdoriga toʼgʼri keladi. 

Аntibiotiklarni amaliy tibbiyotda keng qoʼllanishi, antibiotiklar taʼsiriga chidamli bakteriyalarni 

tarqalishiga olib keldi. 

Bunday bakteriyalarni 2 guruxga bulish mumkin: 

1. Bitta antibiotikga chidamli; 

2. Birdaniga bir nechta antibiotiklarga chidamli (kupchilik antibitiklarga chidamli). 

Аgar, shu antibiotikga sezuvchan bakteriya shtammi,  antibiotikning oz kontsentratsiyasi  bnlan, 

oʼsishdan  toʼxtamasa  chidamli  xisoblanadi.  Bu  shtammning  oʼsishi,  albatta,  shu  antibiotikning 

yoʼqori kontsentratsiyasi bilan toʼxtatilishi mumkin. Shuning uchun chidamlilik: 

1. Bakteriyalarning maʼlum shtamiga; 

2. Maʼlum antibiotikga; 

3. Maʼlum kontsentratsiyaga, tegishlidir

Xakimlar, shu antibiotikga, bakteriya shtammi, kondagi yoki tukimadagi mikdorda teng yoki kup 

mikdorda oʼsish bersa, anashu antibiotikga chidamli xisoblashishadi. 



Аgar bakteriyalar ikkita yoki undan ortik antibiotiklarga (xar xil tuzilmali guruxlarga kiradigan) 

chidamli bulsa, kupchilik antibiotiklarga chidamlilik deyiladi. Ximiyaviy tuzilishi jixatidan yakin 

boʼlgan  kupchilik  antibiotiklar  bakteriyalarning  usnshini  bir  xnl  mexanizm  xisobiga  toʼxtatadi. 

Bitta antibiotikka chidamli boʼlgan bakteriyalar antibiotiklarga xam chidamli boʼladi. Bu xolda 

chidamlilik  kesishgan  (perekrestnыy)  chidamlilik  deyiladi.  Kesishgan  chidamlilik  katta  amaliy 

axamiyatga  ega.  Аgar  yuqumli  kasallikni  keltirib  chikargan  bakteriya  maʼlum  antibiotikga 

chidamli boʼlsa, bu kasallikni anashu guruxga kiradigan boshqa antibiotiklar bnlan xam davolab 

bulmaydi. 

Chidamlilikning bioximik asoslari. 

Аntibiotik bakteriyaning oʼsishini toʼxtatishi mumkin, agar: 

1. bakteriya xujayrasiga kirsa xayot faoliyati uchun muxim vazifani bajaradi; 

2. xujayra tuzilmasi bilan oʼzaro munosabatda bulsa; 

3. bu vazifani ancha darajada toʼxtatsa. 

Аgar shu shartlardan birortasi bajarilmasa, bakteriya antibiotikga chidamli boʼlib koladi. Buning 

uchun kuyidagi bioximik mexanizmlardan biri boʼlib koladi; 

1. antibiotikni noaktiv shaklga uzgarishi

2. aktibiotik taʼsir kilishi mumkin boʼlgan muljalni uzgarishi; 

3. antibiotik uchun bakteriya xujayrasi utkazuvchanligining kamayishi; 

4. antibiotik taʼsir qiladigan xujayra tuzilmalari xosil bulishining kupayishi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

Yüklə 228,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə