Kimyoviy formulalar va kimyoviy tenglamalar



Yüklə 19.65 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü19.65 Kb.

Aim.uz


Kimyoviy formulalar va kimyoviy tenglamalar
Moddalar tarkibini kimyoviy elеmеntlar bеlgilari orqali ifodalash kimyoviy formula dеyiladi. Masalan: N2, O2, N2O va hokazo. Kimyoviy formula ayni moddaning oddiy yoki murakkab modda ekaniligini, u qanday elementlarldan iboratligini, bu moddaning bitta molеkulasidagi atomlar turi va sonini, moddaning nisbiy molеkulyar massasini ifodalaydi.

Moddalar orasidagi rеaksiyalarni kimyoviy formulalar vositasida ifodalanishi kimyoviy tеnglama dеyiladi.

1-misol. Mis (II) oksiddagi misning foiz miqdorini hisoblab toping?

Yechish: Mis (II) oksidning molekulyar massasi 64 + 16 = 80 ga teng CuO ning 1molining massasi 80 g. Shundan 64 grami misning hissasiga to’g’ri keladi. Ya’ni 1 molning 64/80 qismini tashkil etadi. Bu kasrni foiz bilan ifodalash uchun uni 100 ga ko’paytirish kerak.



Cu bo’ladi.
2-misol. NaOH ning foiz tarkibini hisoblang?
Yechish: NaOH ning massasi 23+16+1=40 ga teng. Elеmеntlarning foiz miqdorini hisoblaymiz:

Natriy ,

Kislorod ,

Vodorod esa .

Javobi: NaOH da 57,5% natriy, 40% kislorod, 2,5 % vodorod bo’ladi.
3-misol. 6 g uglerod qancha miqdor uglerod (IV) oksid tarkibida bo’ladi.

Yechish: CO2 ning molekulyar massasi 12+16.2 = 44 ga teng, uning 1 moli 44 gramga teng. Proporsiya tuzamiz: 44:x = 12:6 ga teng, bundan



g.

Javobi: 6 g uglerod 22 g CO2 tarkibida bo’ladi.

4-misol. 24 g oltingugurt (VI) oksidning tarkibida necha gramm kislorod bo’ladi?
Yechish: SO3 ning molekulyar massasi 32+163=80, 1moli 80 gramga teng.

1 mol SO3 da, ya’ni 80 gramida 3g-atom yoki 48 gramm kislorod bo’ladi. Proporsiya tuzamiz. 80:24= 48: x g. Noma’lum sonni hisoblaymiz:



24 g

Javobi: 24,4 g SO3 tarkibida 14,4 g kislorod bo’ladi.


Murakkabroq masalalar
1-misol. Temir rudasi - qizil temirtosh temirning tabiiy oksidi hisoblanadi. Uning tarkibida 92% Fe2O3 qolgani boshqa qo’shimchalardan iborat bo’lsa, uning 1 tonnasi tarkibida qancha temir bo’ladi?
Yechish: 1 t rudada qancha Fe2O3 bo’lishini hisoblaymiz:

100t : 1 t = 92: x



t

0,92 t Fe2O3 da qancha Fe borligini topamiz:

Fe2O3(160)  2Fe(112)

160:0,92=112:x



t

Javobi: 1 t rudada 0,644 t temir bo’ladi.


2-misol. 200 g 5% li mis sulfat eritmasi tarkibida qancha mis bo’ladi?
Yechish: 100 g eritma tarkibida 5 g CuSO4 bo’ladi. 200 g eritma tarkibida x g CuSO4 bo’ladi.

g

10 g mis sulfat tarkibida qancha mis borligini hisoblaymiz:

CuSO4(160)  Cu (64)

160 g CuSO4 da 64 g Cu bo’lsa,

10 g CuSO4 da x g Cu bo’ladi,

g

Javobi: 200 g 5% li mis sulfat eritmasi tarkibida 4 g mis bo’ladi.

3-misol. 2 g xlor qancha miqdor 15% li NaCl eritmasida bo’ladi?
Yechish: 2 g xlor necha gramm NaCl tarkibida bo’lishini hisoblaymiz:

NaCl (58,5)  Cl(35,5)

58,5 g NaCl da 35,5 g Cl bo’ladi.

X g NaCl da 2 g Cl bo’ladi.



g NaCl

100 gr eritmada 15 gramm NaCl bo’lsa

X g eritmada 3,29 g NaCl bo’ladi.

g

Javobi: 21,9 g eritmada 2 g xlor bo’ladi.



Mustaqil yechish uchun masalalar
1. a) MgO da magniy va kislorod; b) CuO da mis va kislorod v) Ag2S da kumush va oltingugurt qanday miqdoriy nisbatda birikkan?

2. a) So’ndirilgan ohak, xlorid kislota, metandagi vodorod miqdorini; b) mis (II) oksid, simob (II) oksid, Fe (III) oksiddagi kislorod; v) nitrat kislota, ammiak, novshadil spirtidagi azotning foiz miqdorini toping.

3. Quyidagi birikmalarning qaysi birida natriyning foiz miqdori ko’p? a) NaCl; b) NaNO3; v) Na2CO3; g) Na2SO4.

4. Qo’yidagi temir rudalarining qaysi biri temirga boy: qizil temirtOSh Fe2O3, magnitli temirtosh Fe3O4, qo’ng’ir temirtosh Fe2O3H2O, siderit FeCO3? (Masalani yechishda har bir rudada 10 % ortiqcha qo’shimchalar borligini hisobga oling)

5. Texnik alyuminiy xlorid 98% AlCl3 dan iborat, qolgani qo’shimchalar iborat. Texnik alyuminiy xlorid tarkibidagi xlorning miqdorini foizlarda hisoblang.

6. Tozalanmagan magniy sulfatning tarkibida 96% MgSO4 bor. Qolgan 4% i qo’shimchalardan iborat. Magniy sulfatning tarkibida necha foiz magniy bor?

7. Quyidagi moddalarning foiz tarkibini hisoblang: a) o’yuvchi kaliy KOH; b) karbonat kislota H2CO3; v) sulfit kislota H2SO3; g) xrom (II) xlorid CrCl2; d) CaSO4 kalsiy sulfat.

8. Qancha og’irlik qism oltingugurt (IV) oksid SO2 tarkibida a) 4 g-atom oltingugurt; b) 8 g-atom kislorod bo’ladi.

9. Qancha gramm mis (II) oksid tarkibida a) 2 g-atom mis; b) 8 g-atom kislorod bo’ladi.

10. Qancha gramm bertole tuzi KClO3 tarkibida a) 195 g kaliy; b) 213 g xlor; v) 96 g kislorod bo’ladi?



Aim.uz





Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə