Sintetik dizel yoqilg’isini ishlab chiqarish uchun xomashyo bo’lib o’simlik
moylari (raps, soya) hamda hayvon yog’larini ishlab chiqarish sanoatining
chiqindilari xizmat qiladi. Eng mashhur biodizel yoqilg’isi bo’lib raps-metil efiri
(RME) hisoblanadi, uni raps moyini metanol bilan qayta etirifikastiyalab oladilar,
u yuqori stetan soni va yuqori alangalanish harorati bilan tavsiflanadi, bu esa uning
yong’inga xavfsizligini oshiradi. Neftdan olingan dizel yoqilg’isiga qaraganda
RME eng yaxshi surkovlash qobiliyatiga ega. Shu bilan birga RME past yonish
issiqligi 37500 kDj) kg (neft dizel yoqilg’isi - 42000-43000 kDj/kg) bilan farq
qiladi, bu dvigatel quvvatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda RME neft
ta’siri natijasida yoqilg’iga ASTM va ERA tomonidan qo’yiladigan standartlarni
vodorod triglisterid molekulasiga xuddi metanol kabi kirib oladi, ammo murakkab
efirlarni emas, balki past haroratli xossalarga ega bo’lgan to’yingan uzun zanjirli
uglevodorod molekulalarini hosil qiladi.
Dizel yoqilg’isi sifatida dimetil efiri (DME) qo’llanilishi mumkin. U past
miqdorda oltingugurtrtning borligi (5 rrm gacha), aromatik uglevodorodlarning
yo’qligi, yuqori stetan soni (55-60 birligi), past qotish harorati bilan farq qiladi.
Ammo DME bu gaz bo’lib AYoQSh da qo’yishning maxsus sistemasini,
avtomobilda uni xavfsiz saqlashni hamda yonish kamerasiga uni etkazib berishning
maxsus sistemasi bo’lishini talab qiladi. Bundan tashqari DME past yonish
issiqligiga ega -24800k Dj/kg, bu esa uning sarfini 1,5-1,6 martaga oshiradi.