Kimyoviy texnologiya


-rasm; Yarim uzluksiz ishlaydigan reaktor



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

1.3-rasm; Yarim uzluksiz ishlaydigan reaktor

1-qobiq, 2-aralashtirgich.



 

Fisher-Tropsha sintez reaktori

 

 

Fisher-Tropsh  sintez  reaktorini  konstrukstiyalashda  asosiy  vazifalardan  biri 

katalizator qatlamidan issiqlikni o’tkazish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

 

Etakchi  chet  el  firmalari  tomonidan  Fisher-Tropsh  sintezini  olib  borish 



uchun qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan qatlamli reaktorlar ishlab chiqilgan. 

 

Katalizator  yuklanadigan  tor  uzun  trubalar  sistemasi  bilan  ta’minlangan 



trubali  reaktorni  ishlatish  oddiy  (  -rasm).  Sintez-gaz  gaz  oqimini  turbulentligini 

hosil  qilish  uchun  trubka  orqali  yuqori  chiziqli  tezlik  bilan  beriladi  va  yuqori 




issiqlik  almashinish  tezligini  ta’minlaydi.  Trubalararo  bo’shliqda  issiqlik 

tashuvchi, asosan suv beriladi, reaktordan chiqishda bug’ga aylanadi. 

 

Qo’zg’almas  qatlamli  katalizator  bo’lgan  trubali  reaktorlar  birmuncha 



afzalliklarga  ega.    Bunday  reaktorlarni  sintez  mahsuloti  gazsimon  yoki  suyuqlik 

bo’lishidan  qat’iy  nazar,  keng  harorat  intervalida  ishlatish  mumkin.  Suyuq 

mahsulotlarni  katalizatordan  ajratish  muammosi  tez  hal  echiladi.  Suyuq  mahsulot 

katalizator  qatlamidan  oqib  o’tadi  va  quyi  oqimning  tutqich-sig’imida  o’tgan 

gazdan  ajratiladi.  Shuning  uchun  bu  reaktorlarni  yuqori  molekulali  parafin 

uglevodorodlar  ishlab  chiqarishda  qo’llaniladi.  H

2

S  ning  o’tib  ketish  holatlari 



bo’lsa, 

uning 


qoldig’i 

hattoki 


tozalangan 

sintez-gazda 

ham 

qoladi, 


dezaktivastiyalash asosiy qismdan aktivligini yo’qotmasdan katalizatorning yuqori 

qatlamidan ajratib olinadi.  

 

Qo’zg’almas 



qatlamli 

katalizator 

bo’lgan 

reaktorning 

kamchiligi: 

reaktorning  balandligi  bo’ylab  yuqori  bosim  gradienti  kuzatilsa,  berilayotgan 

sintez-gazining  yuqori  darajada  siqilishida  etishmovchilik  paydo  bo’ladi,  bu  esa 

gazni kompressorlar uchun ortiqcha sarfni talab qiladi. 

 

Fisher-Tropsh  reakstiyasining  tezligi  diffuziya  hodisasi  bilan  aniqlanadi,  va 



jarayon  intensivligi  katalizator  zarrachalarining  o’lchamini  kichiklashtirish  yo’li 

bilan  oshiriladi.  Ba’zan  kichik  o’lchamli  katalizator  qo’llanilganda  reaktor  kesimi 

bo’ylab  bosim  gradientining  oshishi  kuzatiladi.  Shuning  uchun  reaktor  ish 

effektivligini  oshirishda  optimal    katalizator  zarrachalari  o’lchami  va  bosim 

gradientini ta’minlash kerak.  

 

Sasol  firmasida  qo’laniladigan  temir  katalizatori  yuqori  zichlikka  ega  va 



ma’lum  og’irlikdagi  qatlamda  turbulentlik  hosil  qilish  uchun  yuqori  gaz  tezligi 

talab  qilinadi.  Yuqori  gaz  tezligida    gaz  zarrachalarining  yuza  qatlami  kichik 

bo’lib,  issiqlik  almashinish  qurilmasining  devorida  va  zarracha  yuzasida 

diffuziyalanishning 

chegaralanishini 

kamaytiradi. 

Shuningdek, 

og’irlik 

zarrachalarining ishqalanishi issiqlik almashinish yuzasida suyuqlik yoki gaz yuza 

qatlamini  minimumga  erishishiga  sabab  bo’ladi.  Issiqlik  almashinish  osonlashadi 

va  issiqlik  almashgich  trubalarining  devoriga  issiq  katalizator  zarrachalarining 



urilishi tezlashadi. Bu ko’rsatkichlar mavhum qaynash qatlamli katalizator bo’lgan 

reaktorlarda  qo’zg’almas  qatlamli  katalizator  bo’lgan  reaktorlardagiga    nisbatan 

issiqlik  almashinish  yuqori  samaradorlikka  ega.    Mavhum  qaynash  qatlamli 

katalizator  bo’lgan  reaktorda  issiqlik  almashinish  doirasi  kichik.  Shuningdek,  bu 

reaktorda  gaz  tezligining  ortishi  bilan  bosimning  tushishi  ortib  bormaydi.  Ushbu 

sharoitda  reaktordagi  bosimning  tushishi  mavhum  qaynash  qatlamli  katalizator 

massasiga proporstional. 

 

Mavhum  qaynash  qatlamli  katalizator  bo’lgan  sanoat  reaktorida  chiziqli 



tezlikning 

yuqori 


bo’lganligi 

turbulent 

rejimni 

ta’minlaydi, 

aralashish 

stirkulyastiyasi tezlashadi. Natijada bu reakstiya zonasi izotermik hisoblanadi. 

 

Qattiq  zarrachalar  qatlamining  mavhum  qaynashi  suyuqlik  oquvchanlikka 



ega  bo’lishini,  reaktorga  yangi  katalizator  qismini  qo’shib  turish  qulaygini, 

eskisini,  ya’ni  ishlatilgan  katalizatorni  esa  reakstion  zonadan  uzluksiz  chiqarilib 

turishini  ta’minlaydi.  Shunday  qilib  katalizatorni  reakstion  zonada  bo’lish  vaqtini 

kamaytirish  mumkin,  natijada  sintezni  olib  borishda  ishga  qobiliyatli  katalizator 

gaz  konversiyasini  yuqori  darajada  bo’lishini  ta’minlaydi.  Katalizatorni  chiqarib 

olish  va  qo’shishning  oddiyligi  reaktorga  qaytarish  vaqtini  ahamiyatli  darajada 

qisqartiradi (ishni tugallashdan ishni boshlanishigacha bo’lgan vaqt oralig’i). 

 

Bu turdagi reaktorning  muhim kamchiligi  kichik o’lchamga (100 mkm) ega 



bo’lgan  gaz  zarrachalaridan  o’tgan  katalizator  zarrachalarini  maksimal  darajada 

to’liq  ajratish  qiyin.  Katalizator  zarrachalarini  ajratish  uchun  reaktordan  keyin 

o’rnatilgan stiklon qo’llaniladi. 99% ajratish darajasida ham stiklonda katalizatorni 

yo’qotish  muhim  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  katalizator  changini  ushlab 

qolishda  qo’shimcha  yog’li  skrubberlar  o’rnatish  zarur.  Gazdan  o’tgan  katalizator 

zarrachalarini  ajratish  samaradorligini  oshirish  uchun  g’ovaksimon  metall  filtrdan 

foydalanish tavsiya qilinadi. 

 

Reaktorda  katalizator  stirkulyastiyasida  ishchi  zonadagi  mavhum  qaynash 



qatlamida  chiziqli  tezlik  juda  yuqori,  temir  katalizatorini  abraziv  ta’siri  natijasida 

eroziya  kuzatiladi,  u  holda  bu  zonada  reaktor  devorini  keramika  himoya  qatlami 

bilan  qoplash  talab  etiladi.  Bunday  zonaning  bo’lishi    va  uni  doimiy  texnik 



nazoratda  boshqarilishi  reaktorda  bo’lish  vaqtini  va  jarayonni  olib  borilish  sarfini 

oshiradi.  

 

Cuspenzion  –  reaktor-mavhum  qaynash  qatlamli  katalizator  bo’lgan 



reaktorning  boshqacha  yaratilgani.    Bu  erda  katalizator  mayda  zarrachalari  suyuq 

fazada  suspenziyalangan,  u  orqali  gaz  barbotajlanadi,  katalizatorning  mavhum 

qaynash  qatlami  uch  fazali  sistemada  bo’ladi.  Fisher-Tropsh  jarayonining  bunday 

variantida  sintez  sharoiti  suyuq  holatda  bo’lib,  yuqori  molekulali  parafin 

uglevodorodlar  ishlab  chiqarish  uchun  qo’llaniladi.  Suspenzion  reaktorning 

qo’zg’almas qatlamli katalizator bo’lgan reaktordan afzalliklari quyidagicha. 

 

Suspenzion-reaktorlarni 



konstrukstiyalash 

sarfi 


aynan 

shunday 


unumdorlikka    ega  bo’lgan  trubali  reaktorlarga    nisbatan  kichik.  Suspenzion-

reaktorda  bosim  tushishi  gazni  kompressorlash  sarfiga  nisbatan  kichik.  Mavhum 

qaynash qatlamli katalizator bo’lgan reaktorlarda  katalizator yangisini qo’shish va 

eskisini  chiqarib  olish  oddiy  bosqich  hisoblanadi.  Katalizator  suspenzion  qatlami 

qo’zg’almas  qatlamli  katalizatorga  nisbatan  izotermik.  Katalizator  zarrachalari 

bilan  suspenziyalangan  suyuq  parafin  reakstiya  issiqligini  yutadi,  natijada 

katalizator qizishi hosil bo’lmaydi. Shuning uchun Fisher-Tropsh jarayonini yuqori 

haroratda  olib  boriladi.  Suspenzion-reaktor  ishchi  harorat  intervalini    parafin 

tabiatiga  ko’ra  tanlanadi:  past  haroratda  u  juda  qovushqoq  bo’ladi,  280

0



haroratdan  yuqorida  gidrokreking  jarayoni  boshlanadi,  bu  holat  parafin  miqdorini 

kamayishiga olib keladi. Suspenzion-reaktorda yuqori molekulali uglevodorodlarni 

olishning qiyinchiligi ularni katalizator zarrachalaridan ajratish  murakkabligidir. 

 

Analizning  fizik-kimyoviy    xarakteristikasiga  asosan  va  jarayon 



qonuniyatiga ko’ra Fisher-Tropsh reaktoriga quyidagicha talab qo’yiladi: 

1)

 



katalizator qatlami izotermikligi; 

2)

 



reakstion hajmda katalitik aktiv moddaning yuqori konstentrastiyasi; 

3)

 



gaz-suyuqlik fazalar chegarasida solishtirma yuzaning kattaligi; 

4)

 



katalizator  donasining  kichik  xarakterli  o’lchamga  ega  bo’lishi  (ya’ni, 

kichik effektiv diffuzion radiusga); 

5)

 

reaktorda bosimning tushishi past bo’lishi; 




6)

 

reakstion  hajmda  suv  konstentrastiyasining  past  bo’lishi  (masalan, 



reakstion hajmda sust bo’ylama aralashtirish). 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə