polimerbenzinning zichligini areometr yordamida aniqlash,
polimerbenzin zichligini areometr yordamida aniqlash tajriba qurilmasi tajribani
o’tkazish ishlarini o’rgandim.
Hisoblash qismi - bu qismda men. asosiy jarayonda qo’llaniladigan jihozning
texnologik hisoblashda: Optimal ish rejimini ta’minlaydigan asosiy o’lchamlarini
aniqlash. Buning uchun qayta ishlanadigan materiallarning modda oqimlari,
energiya sarfi aniqlash va mexanik hisoblashda: Jarayonlar borishi uchun
loyihalanadigan joxoz unga ta’sir qiluvchi parametrlar, temperatura, bosim va
muhitning fizik-kimyoviy xossalari asosiy ishchi parametrlarini hisoblash ishlarni
amalga oshirdim.
Hayot faoliyati xavfsizligi qismi - bu erda esa men texnologik tizimdan
foydalanishda rioya qilinishi kerak bo’lgan barcha texnika xavfsizligi qoidalarini,
yong’in xavfsizligi chora-tadbirlari, shuningdek ishchi-xodimlarning mehnati
muxofazasi to’g’risidagi barcha tegishli chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumotlarga
ega bo’ldim.
Bu ish yuqorida keltirilgan qismlardan iborat bo’lib, jarayoni to’g’risidagi
deyarli barcha ma’lumot va yangiliklar to’liq yoritilgan. Bu ishni bajarish
mobaynida men ko’pgina o’zbek va chet el adabiyotlari bilan tanishib mavzuga
tegishli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim va bu olgan bilimlarim kelajakda
amaliyotda tadbiq qilishimga eng asosiy omil bo’ladi deb hisoblayman.
|