Kirish 2 Xulosa 29 Foydalanilgan adabiyotlar: 32



Yüklə 207 Kb.
səhifə1/8
tarix21.05.2022
ölçüsü207 Kb.
#87605
  1   2   3   4   5   6   7   8
2 5469902702727144660






Mundarija:

Kirish 2
Xulosa 29
Foydalanilgan adabiyotlar: 32








Kirish


Mavzuning dolzarbligi.Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o’rin tutadi.Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo’lga qo’yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo’lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko’lamli bo’lib, o’z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to’g’risida” o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.
5 ta tashabbusning to’rtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish masalalari bo’yicha bo’lib bundan ko'zlangan asosiy maqsad - yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o'stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir.1
Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm-ma'rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni o'zlashtirib unga o'z faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o'zlashtirishi lozim. Ularni o'zlashtirishda zamonaviy texnika va ilg'or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni o'zlashtirish ta'lim tizimining poydevori bo'lgan boshlang'ich ta'limdan boshlanadi.
Ta'lim berishda ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan o'quvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining tanlagan dars usuliga bog'liq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir.

Yüklə 207 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə