Kirish 3 1-bob. Monopoliya nazariyasi va uning turlari



Yüklə 204,23 Kb.
səhifə1/6
tarix01.04.2018
ölçüsü204,23 Kb.
#35560
  1   2   3   4   5   6

Kafedra: “Iqtisodiyot nazariyasi”

Makroiqtisodiyot fani

Mavzu: “O’zbekistonda antimonopol siyosat”

Bajardi: Eshonqulov Mirzohid

0-2a-10 guruh
Tekshirdi:

Toshkent – 2012

Reja:


Kirish 3

1-BOB. Monopoliya nazariyasi va uning turlari. 5

1.1 Monopoliya va uning vujudga kelishi. 5

1.3 Monopoliyaning ijobiy va salbiy jihatlari. 14

2-BOB. O’zbekistonda antimonopol siyosat 18

2.1 Antimonopol siyosatning vujudga kelishi. 18

2.2 O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi. 21

2.3 O’zbekistonda antimonopol siyosat 24

2.4 O’zbekistonning antimonopol siyosatinig natijalari. 28

Xulosa. 35

Foydalanilgan adabiyotlar: 37

Kirish


O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida mulk egalari qo’liga topshirilgan taqdirda, ko’p tarmog’li iqtisodiyot va raqobatchilik muhiti vujudga keladi. Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bunday shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda mavjud bo’lishi mumkin.

Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini ham bildiradi.

Iqtisodiy sub'ektlarning qulay mavqega ega bo’lish, daromad olishga intilishlari natijasida raqobat kelib chiqadi. Raqobat tarixiy taraqqiyot mahsuli bo’lganligi uchun uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjuddir. Raqobatda inson manfaatini aks ettiruvchi barcha xususiyatlar, ya'ni ijtimoiy, siyosiy, huhuqiy, ma'naviy kabi qator boshqa jihatlar asos sifatida yuzaga chiqadi.

Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr mobaynida o’z-o’zidan, evolyusion yo’l bilan vujudga kelgan.Bunday holat asta-sekin erkin raqobat muhitining tashkil bo’lishiga olib keldi.

Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi

Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.


Asosiy qism:

1-BOB. Monopoliya nazariyasi va uning turlari.

1.1 Monopoliya va uning vujudga kelishi.


Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.

Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi*1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3

«Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.

Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni. korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.

Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi.Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir.

Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.

Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.

Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir.U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi.

Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:



  • tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqyega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

  • yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'Iadi.

Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:

  • davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi:

  • banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi.


1.2 Monopoliya turlari.

Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning tur- larini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin:



1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra:sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.

Sofmonopoliya — tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O'zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O'zbekiston havo yo'llari» DAK, «0'zbekiston temir vo'llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol qilib keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o'z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar.Shuningdek.ba'zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko'payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo'Iadi. Monopolistik raqobat — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko'p hamda ular o'rtasida ma'Ium darajada raqobat mavjud bo'lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o'z tovar yoki xizmat ining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma'Ium darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko'plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni keltirish mumkin.

Oligopoliya- tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O'zhekistonda sement (asosan, Bekobod. Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan). ko'mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg'un) va Boysun (To'da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.

Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko'p bo'lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste'molchisi yoki xaridori mavjud bo'lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Bunga «0'zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi vengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo'lgan ko'plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqyeiga ega bo'ladi.

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun'iy monopoliya.

Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo'lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega boigan mulkdorlar va xo'jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o'ziga xos texnologiyaning qo'llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo'lmaydigan ba'zi bir tarmoqlari va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.



Tabiiy monopoliya — korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo'lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holatidir. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi bilan tovar birligiga to'g'ri keluvchi xo'jalik xarajatlari ning ahamiyatli darajada pasayib ketishida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste'molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo'lmaydi.

1-rasm.Tabiiy monopoliya.

Tabiiy monopoliyada ishlab chiqarish hajmi



Tabiiy monopoliya xolati quyidagi rasmda berilgan. Unga ko`ra LAC va LMC lar uzoq muddatli davrdagi xarajatlar, D talab, AR, MR meyoriy daromad va MC meyoriy harajatlar. Monopolist narxni P1 o`rnatib Q1 hajmda ishlab chiqaradi. Bu holatda LMC va MR teng bo`ladi. Monopolist foydasi esa CP1AB to`tburchak yuziga teng bo`ladi. Lekin, Q1 hajmda chiqarilayotgan maxsulotlar jamiyat uchun kam, P1 narx esa juda baland. Grafikdan ko`rishimiz mumkinki, Jamiyat uchun eng optimal narx va hajm monopolist ishlab chiqarmaydigan P3 va Q3dir. Shuning uchun boshqaruvchi organ narxni P3 = LMC(Q3) = AR(Q3) da o`rnatish kerak. Muommo shundaki, bunday narx monopolist ihlab chiqarishini qoplamaydi va o`rtacha xarajatlardan kamroq bo`ladi Q3, P3 3,P3) ishlab chiqarayotgan monopolist P3HGF

maydonga teng bo`lgan zarar ko`radi.


2-rasm.Tabiiy monopolist tanlaydigan ishlab chiqarish hajmi va jamiyat uchun optimal hajm.


Legal monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:


  • patent tizimi — bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;

  • mualliflik huquqi — ilmiy, badiiy va san'at asarlari, ijro san'ati fonogrammalari, ko'rsatuvlar. efir to'lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o'z mahsulotlarini ma'lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko'paytirishga ruxsat berish imkonini ta'minlaydi;

  • tovar belgilari — bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi hamda boshqalarni ro'yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo'lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Suniy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliya-lardan ajratib turish uchun) nomi.

Sun'iy monopoliya o'z manfaatlari yo'lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o'zgartiradi, ya'ni:



  • bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnolo- giyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo'llaydi;

— o'z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Sun'iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium.konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo'ladi.



Kartel - bitta sanoat tarmog'idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo'lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o'z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa, kvota, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo'lib olinishi va h.k, bo'yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat — bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasidir.Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o'zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta'minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko'rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy opera- siyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo'yish).

Konsern— rasmiy jihatdan mustaqil bo'lgan, ko'p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari)ning majmuini o'z ichiga oluvchi birlashma. Odatda, bunday birlashma ma'lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun'iy monopoliyalarning sanab o'tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan

3-rasm.


Monopoliyaning turlari

Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra

Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsiflga ko'ra

1

Sof monopoliya


1

Tabiiy monopoliya

2

Oligopoliya


2

Legal monopoliya

3

Monopsoniya


3


Sun'iy monopoliya





Yüklə 204,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə