Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə29/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Kepler qonunlari. Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofida qanday
aylanishini 1609- yilda nemis olimi I. Kepler uchta qonun sifatida ifodalab
berdi. Keplerning birinchi qonuni quyidagicha ifodalanadi:



62



Har bir sayyora aylanaga yaqin boʻlgan 


ellips boʻylab aylanadi va ellipsning

fokuslaridan birida Quyosh turadi. 
Sayyora orbitasining Quyoshga eng yaqin A
nuqtasi perigeliy, eng uzoq B nuqtasi esa afeliy 
deyiladi(18-rasm). Bunda AB - ellipsning
katta oʻqi, CD - kichik oʻqi. Sayyoraning
Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi R= AB/2 ifoda
orqali aniqlanadi. Keplerning ikkinchi qonuni
quyidagicha ifodalanadi: 


Sayyoraning radius-

vektori teng vaqtlar ichida teng yuzalar

chizadi.

Sayyora KL va MN yoyni teng 


vaqtda bosib oʻtsa, S
1
va S

2
yuzalar 


oʻzaro teng boʻladi. Bundan
koʻrinadiki, sayyoraning orbita
boʻylab harakat tezligi oʻzgarib
turar ekan. Sayyoraning tezligi
perigeliy nuqtasida eng katta,
afeliy nuqtasida esa eng kichik 
boʻladi.
Keplerning uchinchi qonuni
quyidagicha ifodalanadi:

Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davrlari kvadratlarining 

nisbati orbitalari katta yarim oʻqlari uzunligining kublari nisbatiga teng. 
Ya’ni:

𝑇
1


2

𝑇
2


2

=
𝑅


1

3
𝑅


2

3
bunda T


1
va T

2
— birinchi va ikkinchi sayyoraning Quyosh atrofida aylanish
davri; R
1
va R

2
—shu ikki sayyora katta yarim oʻqlarining uzunligi. 


Keplerning uchinchi qonuni yordamida Yerning aylanish davri va orbitasi katta



63
oʻqi uzunligini hamda ixtiyoriy sayyoraning aylanish davrini bilgan holda,


shu sayyora orbitasi katta oʻqining uzunligini topish mumkin.



Darslikdan tashqari ma’lumotlar. Nazariy ma’lumotlar berib boʻlingandan keyin
sayyorlalarning, xususan Yerning va Oyning Quyosh atrofidagi harakatini 
oʻquvchilar toʻgʻri tasavvur qilishlari uchun PhET dasturi simulyatsiyasi ochib
koʻrsatiladi.

Gravitatsiya va orbitalar(Gravity and orbites) simulyatsiyasi orqali Yer va 


Oyning Quyosh atrofidagi harakati multimedia koʻrinishda namoyish qilinadi.
Aylanish jarayonida gravitatsiya kuchi va tezlanishning yoʻnalishi maxsus 
tugmalar orqali yoqilib oʻquvchilarga namoyish qilinadi. Yer va Quyoshning
massalarini oʻzgartirib, aylanish orbitasining qanday oʻzgarishi koʻrsatiladi. 


Oʻqituvchining oʻquvchilarga murojati: koʻrsatilgan simulyatsiya ya’ni, Yer va
Oyning Quyosh atrofida aylanishi N. Kopernikning geliosentrik nazaryasiga 
asoslangan. Lekin Kopernikdan avval ham undan necha yuz yillab ilgari Xitoy,
Hindiston va Oʻrta Osiyolik allomalar bu borada oʻz fikirlarini bildirib oʻtishgan. 
Masalan vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy “Utorud va Zuhro sayyoralari
Quyosh yaqinidan ketolmay qolgan. Ular Quyosh atrofida aylanishlari kerak ” 
degan fikri va bu aylanish ellips orbita boʻylab boʻlishini takidlab oʻtgan.



64
Xuddi shu masalada Xorazmlik ikkinchi bir vatandoshimiz Chagʻminiyning 


(XII asrning ikkinchi yarmida tavallud topgan va 1220 yilda vafot etgan) quyidagi


soʻzlari ayniqsa qimmatlidir: “Yerning Quyosh atrofida aylanishidan fasllar hosil 
boʻladi”. Bu fikrlar qaysidir ma’noda Kopernikning geliosentrik nazaryani
yaratishda turtki boʻlgan boʻlishi mumkin. Shunday ekan aziz oʻquvchilar ota-
bobolarimiz qanday buyuk insonlar boʻlganini anglagan holda ularga munosib
farzand boʻlaylik! 



Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə