Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə32/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Yangi mavzu bayoni. 
Agar tunda ma’lum bir joydan turib yulduzlar bir necha soat davomida 
tinimsiz kuzatilsa, butun osmon sferasining yulduzlari, kuzatuvchidan oʻtuvchi
faraziy oʻq - Olam o ‘qi atrofida aylanishini koʻrish mumkin. Bunday aylanish 
davomida ixtiyoriy yoritgich oʻz vaziyatini gorizont tomonlariga nisbatan
oʻzgartirib boradi. Yulduzlar osmonining bunday koʻrinma aylanish davri bir 


67
sutkani tashkil qiladi. Janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar


chapdan oʻngga, ya’ni soat strelkasi yoʻnalishida harakatlanayotgandek


koʻrinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda har doim ma’lum nuqtadan 
koʻtarilib, gʻarbda ham aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal
balandligi ham (janub tomon yoʻnalishida) kunlar oʻtishi bilan bu kuzatuvchi
uchun oʻzgarmay, har doim bir xil boʻladi. Agar kuzatuvchi shimol tomonga
qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib, gʻarbga botgani holda,
botmaydiganlari — ma’lum qoʻzgʻalmas nuqta atrofida konsentrik aylanalar
(markazi bir nuqtada boʻlgan aylanalar) chizayotganini koʻradi (19- rasm). Bu
qoʻzgʻalmas nuqta olamning shimoliy qutbideb yuritiladi. Olamning shimoliy
qutbi, Kichik Ayiq yulduz turkumining (Katta Ayiq — «Yetti qaroqchi»ga
qoʻshni yulduz turkumi) eng yorugʻ yulduziga (alfasiga) juda yaqin (orasi
taxminan 1° boʻlgan) nuqtada yotadi. Shu tufayli Kichik Ayiqning bu yulduzi
Qutb yulduzi deb nom olgan. Yulduzlarning sutkalik bunday koʻrinma
harakatlari Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli sodir boʻladi. Quyosh va
Oyning sutkalik harakatlari ham sharqdan gʻarbga tomon kuzatilib, yulduzlardan
farqli oʻlaroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari 
kun sayin oʻzgarib boradi. Xususan, Quyosh Navroʻzda ( 2 1 - martda) aniq
Sharq nuqtasidan koʻtarilib, aniq G ‘arbda botgani holda, keyin uning chiqish 
va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi. Bunday hol 22- iyungacha
davom etib, soʻngra chiqish va botish nuqtalari aksincha, gorizontning janub 
tomoniga siljiydi. Bu davrda Quyoshning tush paytdagi balandligi pasaya borib,
kunduz qisqaradi, tun esa, aksincha, uzayadi. 
Sayyoramizning yoʻldoshi Oy ham sutkalik koʻrinma harakatda ishtirok
qilib, sharqdan gʻarbga, yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq bir necha tun 
davomida kuzatishlardanoq, Oyning yulduzlarga nisbatan haqiqiy
harakatlanishini sezish mumkin. Bunday harakat tufayli Oy, yulduzlar fonida
gʻarbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib borib, Yer
atrofida 27,32 sutkada bir marta toʻla aylanib chiqadi. 


68
Quyoshning bir necha oy davomida sistemali kuzatilishi uning ham Oy


kabi yulduzlarga nisbatan gʻarbdan sharqqa siljib borishini ma’lum qiladi.


Quyoshning bunday koʻrinma harakati tufayli sutkalik siljishi, Oynikiga 
nisbatan juda kichik boʻlib, atigi bir gradusga yaqin yoyni tashkil qiladi va bir
yilda bir marta toʻla aylanib chiqadi. 
Quyosh va Oyning osmonni bir toʻla aylanib chiqishlaridagi yuradigan
yoʻllarining tekisliklari bir-biriga yaqin. Ular kesib oʻtadigan yulduz
turkumlari zodiak yulduz turkumlari (yunoncha «zoon» — hayvonlar degani)
deyilib, bu turkumlar sohasi — zodiak soha deyiladi. 
Juda qadim zamonlardayoq kishilar, zodiak yulduz turkumlari sohasida,
tashqi koʻrinishi bilan yulduzlarga oʻxshash, biroq yulduzlardan farq qilib,
ularga nisbatan siljib boruvchi 5 ta yoritgichni kuzatdilar. Yulduzlardan
farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga ularga «adashgan yulduzlar»
sayyoralar deb nom berdilar. Qadim Rimda adashgan yulduzlar Rim xudolari-
ning nomlari bilan Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn deb atala 
boshlandi.



69
Teleskop ixtiro qilingandan soʻng 1781- yilda Uran, 1846- yilda Neptun


sayyoralari topildi. Sayyoralarning koʻrinma harakatlari ham zodiak yulduz


turkumlari chegaralarida kuzatilib, yulduzlar fonida siljishlari Quyosh va
Oyning siljishlari kabi gʻarbdan sharqqa boʻladi.
Oʻqituvchining oʻquvchilarga murojati: boshqa sayyoralar ham huddi Yer va 
Oy singari Quyosh atrofida aylanadilar. Yer oʻz oʻqi atrofida aylanibgina
qolmasdan, balki quyosh atrofida ham aylanadi. Oy esa oʻz navbatida ham 
Yerning, ham Quyoshning atrofida aylanadi. Xoʻsh bunday jarayonda qanday
harakat yuzaga keladi? Bu holatni qanday tasavvur qilasizlar? 
Savollarga javob olingandan keyin oʻquvchilarning fikri qanchalik toʻgʻri
ekanigini bilish va bu borada oʻquvchilarga toʻgʻri ma’lumotlar berish maqsadida 
PhET Interactive Simulations dasturi simulyatsiyasi ochiladi. Simulyatsiyada Yer
va Oyning Quyosh atrofidagi harakati namoyish qilinadi. Yer va Oyning harakati 
davomidagi tezlanishlari yoʻnalishi va harakat traektoriyalari qanday boʻlishi
oʻquvchilarga koʻrsatiladi. 
Oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi. Simulyatsiya va tastur haqida
qisqacha ma’lumotlar berib oʻtiladi. 




70




Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə