Kirish I bob. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan arxiv sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, nizomlar, buyruqlar va boshqa relevant hujjatlar


II BOB. Arxiv sohasining qanday rivojlanganligi, hukumat qarorlarining o'zgartirishlari, muhim ustuvor maqsadlari va boshqa o'zgarishlar



Yüklə 40,07 Kb.
səhifə3/5
tarix10.06.2023
ölçüsü40,07 Kb.
#116486
1   2   3   4   5
Arxiv sohasidagi qonun hujjatlari

II BOB. Arxiv sohasining qanday rivojlanganligi, hukumat qarorlarining o'zgartirishlari, muhim ustuvor maqsadlari va boshqa o'zgarishlar.
2.1 Arxiv sohasining qanday rivojlanganligi, hukumat qarorlarining o'zgartirishlari, muhim ustuvor maqsadlari va boshqa o'zgarishlar.
O‘rta Osiyoda milliy – hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston SSR va boshqa respublikalar vujudga kela boshlagan. 1924-yil 5-dekabrda O‘zSSRning Inqilobiy Komiteti O‘zbekiston SSR tashkil topganini e’lon qilgan. Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari vujudga keldi. Mavjud bo‘lgan arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda bo‘linadigan bo‘ldi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv jamg‘armalari O‘rta Osiyo Markaziy arxivda – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga oid arxiv jamg‘armalari shu respublikalarga beriladigan bo‘ldi. 1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MIK huzurida O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil bo‘lgan barcha arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari ham O‘rta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi. Chunki bu O‘rta Osiyo arxiv jamg‘armalari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. O‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 22-iyul qarori bilan “O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra respublikada Yagona davlat arxiv jamg‘armasi (YADAJ) tashkil qilindi. Bu jamg‘armaga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko‘rsatildi. 1925–1930-yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. Chunki, bu yillarda SSSRda, shuningdek, O‘zSSRda ham industrlashtirish siyosati o‘tkazilib, butun mablag‘ qat’iy tejalgan holda industrlashtirishga sarflangan edi. Shu sababli arxiv boshqarmasida 1924-yildagi 46 nafar xodim o‘rniga 1925–1930- yillari bor-yo‘g‘i 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish sur’ati ancha pasaydi. Qiyinchiliklarga qaramay arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab qolishni o‘zlarining muhim vazifalari deb bildilar. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib borish ishlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925-yil yanvar oyining o‘zida Markaziy arxivga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari qabul qilindi. Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig‘ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925–1929-yillarda 134 arxiv jamg‘armasi qabul qilindi. 1929-yili Markaziy arxivda 863 arxiv jamg‘armasi va 764 ming hujjat jamlangani edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg‘armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Shuni ta’kidlash kerakki, arxiv xodimlari kam bo‘lganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday holda ulardan foydalanishning ham imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o‘z arxivlarini tartibga solib, ro‘yxat tuzib ularni davlat arxivlariga (Markaziy va viloyat arxivlariga) topshirish talabi qo‘yildi. 1929-yil may oyida O‘zSSR MIK Prezidumi O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi ma’ruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu uqtirildiki, Markaziy arxiv tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. Ma’ruzada Markaziy arxiv o‘z faoliyatiga ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e’lon qilishga, maxsus hujjatlar to‘plamlari tayyorlashga alohida e’tibor berishi kerak, deb ko‘rsatib o‘tildi. 1930-yil 9-aprelda O‘zSSR MIK Prezidumi qarori bilan O‘zSSR arxiv ishlari boshqarmasi O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Sovet davri arxivlarining ko‘payib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori bilan 1929-aprelda Davlat arxiv jamg‘armasi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv jamg‘armalariga hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy, mahalliy arxiv jamg‘armalariga bo‘lindi. 1931-yil 20-mayda O‘zbekiston SSR MIK, O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi va O‘zSSR Markaziy tarix arxivi tashkil qilindi. Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil etildi. Shahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga qaror qilindi. 1934-yil iyulda SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy Davlat arxiv boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945-yil oxirlarida bu arxiv tugatildi va barcha arxiv jamg‘armalari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya Markaziy davlat arxiviga topshirildi. O‘zSSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSRning tashkil bo‘lishi munosabati bilan 1934-yil 11-martda Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi. 4XX asrning 30-yillarida respublika arxiv tashkilotlari kadrlar bilan ham ancha mustahkamlandi. 1929-yili arxiv tashkilotlarida hammasi bo‘lib 34 ta xodim ishlagan bo‘lsa, 1941-yilga kelib ularning soni 111 taga yetdi. Shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirishga ham e’tibor berildi. 1932-1941 yillarda Moskva davlat tarix-arxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga 18 kishi yuborildi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish kursida shahar, tuman, viloyat arxivlari xodimlari muttasil malakasini oshirib bordilar. Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkilotlarda hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilm-fan uchun ulardan foydalanishni tashkil qilish edi. 1936 yili respublika arxivlarida 1534 ta arxiv fondlari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga etdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solingan bo‘lib, ulardan foydalanish mushkul edi. Arxiv tashkilotlari XX asr 30-yillarida arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga alohida e’tibor berdilar. 1935-1936-yillarda 200 dan ortiq maqola matbuotda e’lon qilindi. 1932-yili «O‘rta Osiyoda 1916-yil qo‘zg‘oloni» deb nomlangan hujjatlar to‘plami e’lon qilindi. 1933-1934-yillari «Toshkent Sovetining 1917-yilgi protokollari», «O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi» nomli hujjatlar to‘plamlari tayyorlandi. Suningdek, har yili arxiv hujjatlarining ko‘rgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv o‘qish xonasida har yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar. XX asr 30-yillari ikkinchi yarmida SSSRda arxivlar Ichki ishlar xalq komissarligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu bilan birga arxivlarni “xalq dushmanlarini” fosh etishda faol ishtirok etishi boshlandi. 1938-yil aprelda SSSR Oliy Soveti qarori asosida Markaziy arxiv boshqarmasining nomi SSSR NKVD Bosh arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Huddi shunaqa o‘zgarishlar hamma milliy respublikalarda amalga oshirildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidumining 30-dekabr 1938 yilgi qarori va O‘zSSR NKVD 17-yanvar 1939- yilgi buyrug‘i bilan butun respublika arxiv tizimi 1-iyun 1939-yildan boshlab O‘zSSR NKVD tasarrufiga o‘tdi. Bu jarayon o‘z o‘rnida mamlakatda keyinchalik ma’muriy-buyruqbozlikning kuchayishiga olib keldi. Respublika arxiv tashkilotlarining O‘zSSR NKVD tizimiga muvofiqlashtirish keyinchalik ularning mavqeini tushirish va mustaqilligini yo‘qolishi bilan birgalikda olib borildi. Shuningdek, 1940-yil 21-iyulda O‘zSSR XKS qaroriga asosan, respublika arxivi O‘zSSR NKVD Arxiv bo‘limi, mahalliy arxiv boshqarmalari – ichki ishlar organlarining hududiy arxiv bo‘limlari sifatida qayta tashkil qilindi. Xorijlik arxivshunos olim A.Burton XX asr 30-yillarida O‘zbekisonda qatag‘on qilingan insonlar haqidagi arxiv hujjatlari haqida to‘xtalib quyidagilarni keltirib o‘tgan: “2002 yil 31 avgustda tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari memorial muzeyi arxiv materiallarini joylashtirilishi, sovet davrining qatag‘onligini ko‘rsatuvchi ko‘rgazma bo‘ldi. Toshkent shahri markazida shahidlar yodgorligi majmuiga qo‘shimcha tarzda qurilgan muzeyni prezident I. Karimovning rasmiy tashrifi ochib berdi. I. Karimov XIX asrning o‘rtalaridan beri to‘plangan Rossiya va sovet hukmronligidagi ko‘rgazma ashyolarini ko‘zdan kechirdi. Markaziy Osiyodagi ko‘plab qo‘zg‘olonlarning chor hukumati tomonidan bostirilishi arxiv hujjatlari hamda rasmlarda yorqin aks ettirilgan. 1930-yillarda yuz minglab O‘rta Osiyoliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan Stalin ta’qiblari asosan hujjatlarda ifodalangan. Davlat Xavfsizligi Komitetining arxividan olingan diagramalar quloq qilingan o‘zbek dehqonlaridan olinggan ot ulov va boshqa buyumlarning sonini batafsil aks ettiradi. 1930-yillar oxiridagi “tozalashlar” (chistka) davridagi xibsga olingan oila a’zolarining zid hukmiga noroziliklari, ijro farmonlari imzolangan tilxatlar ko‘rgazmaning yana bir qismi hisoblanadi. Mustaqillikka o‘tishni ko‘rsatish uchun olib borilgan say-harakatlarga soxta qamoqxonada tinka madori qurigan o‘zbek yigitini so‘roq qilayotgan rus ofitserining maketlari ham ko‘rgazmaga kiritilgan. Ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib chiqqan I. Karimov so‘zga chiqdi: “Mustamlaka siyosati xo‘rlik va azob uqubat olib keldi. Bizning xo‘rligimiz ko‘plab yillar davomida og‘ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z millati tarixini hurmat qilib kelgan. Bu davrda xalqimizning minglab aybsiz o‘g‘lonlari qurbon bo‘ldilar. Bu esa xalq o‘zligini tan olishdagi asosiy sabablardan biridir” (Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). – London.2005.– P.47.). 1999-yil 2-martdagi O‘zbekiston Respulikasi prezidenti qaroriga asosan tashkil etilgan “shahidlar yodgorligi majmuasi” va uning Islom Karimov tomonidan qo‘llab quvvatlanishi nafaqat mahalliy balki g‘arblik kuzatuvchilarni ham hayratga soldi. Mustaqillikkacha bo‘lgan bir necha yil mobaynida o‘zbek qaxramonlarida Rossiya afsonalariga (cho‘pchaklari) nisbatan shubha paydo bo‘ldi. I. Karimov Kommunistik Partiya a’zosidan 1986-yilda O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining 1-sekretari lavozimiga ko‘tarildi. 1991-yil avgust oyida Sovet Ittifoqi qulagandan so‘ng mustaqillikni e’lon qilgan liderlardan hisoblandi va Kommunistik partiyani Xalq Demokratik partiyasi deya qayta nomlab, millatparvar siyosatida hokimiyatni boshqarishni davom etdi. Shunga qaramasdan 1993-yilda u oldingi tuzumni ozgina bo‘lsada eslab shunday degan edi: “Sovet tarixining yetmish to‘rt yili izsiz yo‘q bo‘lib ketdi deyuvchilar xato qiladilar. Bu vaqt davomida qadriyatlar shakllandi.
1941-yili yozidan boshlab SSSR qatorida O‘zbekiston SSR ham ikkinchi jahon urushi girdobiga tortildi. Urush tufayli O‘zbekistonga frontga yaqin hududlardan zavod-fabrikalar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari ham evakuatsiya qilindi. Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Toshkentga juda ko‘p olimlar, sharqshunoslar, tarixchi, tilshunoslar va boshqalar kelishdi. Natijada Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston SSR olimlari o‘rtasida juda yaxshi ilmiy aloqa o‘rnatildi. 1940-yil yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar Akademiyasining O‘zbekistondagi filiali ochildi. Uning tarkibida Tilshunoslik instituti, adabiyot, tarix va ijtimoiy yo‘nalishlarni yorituvchi sohalar shu jumladan, arxivshunoslik sohasi ham yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekiston SSRda arxiv ishi tarixida eng og‘ir davrlardan biri bo‘ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo‘nab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g‘alabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg‘armasiga har oy o‘z maoshlarining 2 foizini o‘tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib bordilar. Bayramlarda sovg‘alar tashkil qilib, jangchilarga jo‘natib turdilar. 1941-yilda arxiv idoralarida 98 ta tashkilotning arxivlari tartibga keltirildi. Shu yili O‘zSSR Markaziy arxiv va Markaziy harbiy davlat arxivi 35 ming saqlov birligidagi hujjatlarni qabul qildi. 1942 yilda yuqorida tilga olingan arxiv va Toshkent viloyati davlat arxivlari tomonidan 65 mingga yaqin saqlov birligidagi hujjatlar qabul qilindi. O‘sha yillardagi arxiv sohasida olib borilgan ishlarning umumiy ma’lumoti quyidagicha edi. Ya’ni, 1940-yil respublika arxivlarida 1.263.786, 1942-yilda esa 1.710.177 saqlov birligiga oshdi. Boshqacha qilib aytganda ikki yilda arxiv saqlanmalari 0,5 mlnga yaqin hujjatlar bilan to‘ldirilgan. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy yetishmas edi. 1944-1945-yillarda davlat arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi. 1942-yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, tuman davlat arxivlari inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 1941-yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxandaryo va keyinroq, 1943-yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat Ichki Ishlar Xalq Komissarligi (IIXK) boshqarmasida arxiv bo‘linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi. Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943- yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi. Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944– 1945-yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjatlarni qabul qildi. Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg‘armalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941-yili 100 ming, 1944-1945- yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini tayyorlashga kirishdilar5. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar. Shunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi. i. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallarining saqlanish holatini yaxshilash edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946–1951-yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi. Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi. Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining sharhi – axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay qoldi. Xorijlik arxivshunos olim A.Burton O‘zbekiston SSRda ikkinchi jahon urushidan keyingi arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritar ekan jumladan shunday degan edi: “Tarixchilar 1930-yillarda oxir oqibatda milliy bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga kirishdilar. 1937-yilgacha Stalin Rossiya imperiyasining yangi talqinini shakllantirdi. Tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi hukumat emas, balki qattiqqo‘l hokimiyat deb ta’riflay boshladilar. Go‘yoki Evropaga qaraganda imperiyaning ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam holati ancha yaxshilangandek edi. Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari tarixni qo‘llashda davom etdilar. 1953-yilda Rossiyaning tarixiy adabiyotlarida "bosib olish" so‘zining o‘rniga qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli tomonlarini muhokama qilina boshlandi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi. Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining 1-sekretari 1956-yildagi nutqi chor hukumati bosqiniga qarshi o‘zbek-rus xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi. Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya gazetasida mazkur mavzu xususida fikr bildirilgan. Bunda ushbu mavzu yuzasidan turli konferensiyalarning o’kazish kerakligi ta’kidlangan. Ammo bu masala mahalliy tarixchilarda noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari iqtisodiy o‘sish izchil rivojlanayotgan masalalar xususida va Rossiya tomonidan olib borilayotgan ba’zi bir ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini oyoq osti qilishga qarshi ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar. Arxivlarda saqlanayotgan ularning nutqi bugungi taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Urushdan keyingi yillarda fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1949-yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954-yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi. Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar» shular jumlasidandir. 1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959-yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili O‘zbekiston SSR Markaziy Davlat arxiviga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 1946-1955-yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi.


Yüklə 40,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə