Kirish «iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursining predmeti va uslubi «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi»



Yüklə 81,75 Kb.
səhifə10/13
tarix31.01.2022
ölçüsü81,75 Kb.
#83336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Mavzu.

Lusiy Anney Seneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo'lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.

Shu


davrda kolonatga, krepostnoylikka o'tish kuchaydi. Ana shunday bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqaddas kitobda bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham berilgan. Oddiy xo'jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug' ish deb qaraladi. Dastlab og'ir qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo'li yuqoridan, xudodan deb bilgan. O'sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu bo'ldiki, xalqlar o'rtasidagi etnik va sosial tafovutlar inkor etildi, din oldida hamma barobar deb e'lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo'lib, ekspluatasiya inkor etilgan, odatda sadaka hisobiga kun ko'rilgan. Birinchi xristianlar ta'qib ostiga olingan, ammo 325 yili Nikey Soborida xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va bo'lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.

Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g'oyalari Avreliy Avgustin Blajenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol Pavelning fikri) g'oyasini ilgari surdi (sosializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Ammo Avgustin qullarni ozod qilishni qat'iy talab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining ahloqiy takomillashuviga yordam berish, degan qisqacha xulosalar chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaxsiy emas, balki ijtimoiy baholash, mulk, boylik va boshqa ko'pgina iqtisodiy muammolarga tegib o'tilgan. Avgustin Blajenniy «Faflatda yotgan xalqni uyg'otish uchun avvalo uning tarixini uyg'otish zarur», degan buyuk fikrni ifoda etgan.




Yüklə 81,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə