Kirish kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 178,5 Kb.
səhifə1/11
tarix30.05.2023
ölçüsü178,5 Kb.
#114176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
TO\'LQIN AKA


MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………………….2


I.BOB. QO’L TO’PI O’YIN TEXNIKASI VA TAKTIKASINING UMUMIY ASOSLARI. …………………………………………………………..…………...3
1.1 Qo’l to’pi o’yini texnikasi va taktikasi.…………………………………...…...3
1.2.Qo’l to’pida hujum va himoya taktikasi……………………..………………..13
2.BOB. TAKTIKANING TASNIFLANISHI…………………………………....17
2.1 Jismoniy tarbiya mashqlarida taktikaning tasniflanishi………………………17
2.2 Gandbol o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rgatishni takomillashtirish hamda mahoratini oshirish………………………………………………………………..25
Xulosa.…………………………………………………………………………... .33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...35

KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim- tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (1997 y.), «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 y.), «Sog’lom avlod» davlat dasturi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun (2000 y.) hamda ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan qarorlar, farmonlar va nizomlarda o’quvchi-yoshlarni ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash kasb-hunarni egallashda zamonaviy bilimlar berish kabi muhim masalalar o’z ifodasini topgan.
Qabul qilingan qarorlar va qonunlarda kelajak avlodlarning jismoniy va aqliy barkamolligini ta’minlash yo’llari ochib berilmoqda. Yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, qobiliyati, qiziqishiga qarab sport turlari bo’yicha turli xil mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy ravishda shug’ullanish o’quvchi- yoshlar va talabalarning kundalik ehtiyojiga aylanmog’i zarur. Shu bilan birga, u o’quvchi-yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni barkamol inson bo’lib yetishishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Qo’l to’pini o’rgatish uzluksiz ta’lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida, jumladan, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining doimiy tarkibiy qismi sifatida o’rgatish va o’rganish nazarda tutiladi.
Texnik tayyorgarlikning so‘nggi maqsadi harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan har qanday vaziyatlarda va qarshi ta’sirlar sharoitida barqaror va samarali ijro etilishidan iboratdir.

Yüklə 178,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə