Kitob to’g’risida


Savdo strategiyasini tuzishda qurollanish



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix21.10.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#129620
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
узбекча

Savdo strategiyasini tuzishda qurollanish. 
Aziz o’quvchi kitobxon treyder savdo strategiyani tuzishda kamina 
maqul ko’rgan indikator va klassik analizlarni ishlatadi. Siz esa o’zingizga 
shuni xulosalab olib o’z strategiyangizni tuzishingiz kerak. Mening 
strategiyam esa sizga qanday tuzish kerak ekanligini birma bir ko’rsatib 
beradi.
Biz o’tgan qismlarda klassik analizlardan trend kanallarni chizish, 
modellardan, uchburchak, klin, bosh yelka modeli, (M) va (W) harfi, Vulf 
to’lqini, Yarim aylana, Piramida va Indikatorlar bilan qanday ishlash 
kerakligini o’rganib oldik. Endi esa manashu analizlarni kerakligini olib 
birlashtiramiz va shunga qarab tendensiyaning jarayonini kuzatamiz. 
Buning uchun men MACD, RSI va 3 ta Moving Average indikatorini 
oldim. Albatta trend kanallarni ham inobatga olgan holda. 


75 
Rasm- 11.3 
Birinchi navbatda 3 ta Moving Average (MA) indikatorining 
ma’nosini tushunaylik. Bizda MA300, MA55 va MA21 kerak bo’ladi. 
-
MA300 bizga yo’nalishni tasdiqlab beradi agarda MA300 teppaga trend esa 
pasda bo’lsa demak Ayiq yo’nalishi jarayoni ketyapti. Agarda MA300 
pasda trend esa teppaga bo’lsa buqa yo’nalishi boradi. 
-
MA55 va MA21 biz bu indikator orqali savdoda qatnashamiz. 
Birinchi navbatda yo’nalishni bilish kerak Rasm- 11.3 Ayiq 
yo’nalishin ko’rib turibmiz bunda MA300 ham tasdiqlab beryapti. Savdoda 
qatnashish uchun esa MA55 va MA21 kesishi bilan savdoda 
qatnashishimiz mumkin. MA 300 haqiqatdan ham trendda yuqoriga va 
MA21 esa MA55 ni kesishi va shu holatda MA300 ni ham kesib ichkariga 
qarab boryapti bu degani Ayiq yo’nalishi boshlanishini bildiradi. MA300 
ancha yuqoriga bo’lgani sababli biz har qanday vaziyatda trend qaytib 
kelishi mumkinligidan ehtiyot bo’lishimiz kerak. Trendning jarayonini 
yanada qayerga ketishini bildirish uchun biz yana Trend kanali yordamchi 
va buzuvchi kanallarni chizamiz. Bunday holatda Ayiq yo’nalishi aniq 
borishini kuzatishimiz mumkin. Rasm- 11.3 trend kanalidan pasga tushib 
ketgan bu esa juda ham yaxshi jarayon sanaladi. Chunki bizni 
yo’nalishimiz baribir Ayiq yo’nalish edi. Oxir oqibat RSI va MACD 
indikatorlari Divergensiya borligini tasdiqlab beryapti. 


76 
Rasm- 11.4 
Tendensiyada shunday vaziyatlar bo’ladiki, Katta ayiq yo’nalishida 
o’rtacha qarama qarshilik borsa yoki uzoq qarama qarshilik borsa MA300 
esa buni Buqa pozitsiyasiga o’zgardi deb ko’rsatadi. Rasm- 11.4 shunday 
vaziyat ko’rsatilgan Katta Ayiq yo’nalishida qarama qarshilik Buqa 
yo’nalishida qaytgan deb ko’rsatyapti MA300 pasda trend esa teppaga 
yuribti. Lekin biz yo’nalishdagi MA55 bilan MA21 orqali savdo jarayonida 
savdoda qatnashamiz. Bunda agarda MA300 yo’nalishni Buqa yo’nalishi 
deb belgilasa MA21 esa MA55 ni kesgan taqdirda biz sell pozitsiya ocha 
olmaymiz. Chunki yo’nalish Buqa pozitsiyasi deb belgilab beryapti 
MA300. Nihoyat trend MA300 ichida kirdi va yo’nalishni Ayiqga topshirib 
berdi. Bu yerda MACD ham noldan pasga o’tdi MA300 bilan birgalikda. 
Trend kanallari esa qanday borishi va qayerdan qarama qarshi tendensiya 
borish ehtimolligini ko’rsatib beradi. Rasm- 11.4 bayroq trend kanali va 
klin hosil bo’lyapti. Lekin bu yerda MA55 va MA 21 bir birini tushunarsiz 
darajada kesyapti. Lekin kanallar esa bu kamchilikni to’ldirib beryapti. 
Yana bir ishonarli tomoni MA300 Ayiq yo’nalishining davomiyligini 
ko’rsatib beryapti. Hamma savdo strategiyalarni ham ishlamaslik davrlari 
bor ba’zi vaqt strategiya ishlamay qolishi va aynan bozorda jiradigan joyda 
fleyt jarayoni boradi. Shuning uchun ham bu jarayonlarda kirmaslik kerak 
shunchaki kuzatish kerak xolos.


77 
Rasm- 11.5 
Ba’zan bozorda kirish uchun haftalab kutishga to’g’ri keladi. Rasm- 
11.5 Strategiyamiz buzilishini guvohi bo’lib turibmiz. Lekin aslini olganda 
shundan ham bozorga kirib bo’ladi grafigimizda 3 marta divergensiya 
kelmoqda. Aslida divergensiya ham doimo to’liq ishlayvermaydi. 
Grafigimizdagi bu vaziyat katta darajadagi Klin modeli sanaladi klin 
tugashi bilan katta Buqa yo’nalishi boshlandan aslida agarda grafigimizni 
yana bir pog’ona kichraytirsak katta hajmdagi klin modelini guvohi 
bo’lamiz. 
Rasm- 11.6 
Rasm- 11.5 Katta hajmdagi klin Rasm- 11.6 bir pog’ona 
kichraytirilgan. Natijada Klin qoidaga binoan tendensiya yo’nalishini 
o’zgartirgan. Shuning uchun ham MA300 va MA55 bilan MA21 jarayon 


78 
hech qanaqa jarayonlarni yo’nalishlarni ko’rsata olmasa klassik texnika 
analizi bizga yordam berishi mumkin. 
Rasm- 11.7 
Rasm- 11.7 jarayon 5 hafta davom etgan. Birgina savdoda kirish 
uchun 5 hafta kutishga majbur etyapti. Shuning uchun ham Bozorda 
bunday vaziyatlarda hech qachon kirmaslik kerak. Chunki noaniqlik bizga 
xavf keltirilishi mumkin. 
Ko’p hollarda bozorda katta turdagi modellar uchraydi bu jarayon esa 
juda uzoq borishi oylab kutishga to’g’ri keladigan darajada borishi mumkin 
shuning uchun ham, 4 soatli jarayonda kattagina modellar uchrasa Klin 
yoki bayroq shuni 1 soatlika ko’rsak aga uzoq Ayiq va Buga yo’nalishini 
ko’ramiz.
Rasm- 11.8
Bu jaroyon Rasm- 11.8 uzoq davom etgan 17 kun davom etgan. Aslida esa 
bu Katta turdagi qarama qarshi tendensiya edi. 


79 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə