Kiyim shakli, O’lchamlari va konstruksiyasining xususiyatlari


KIYIMNING ICHKI SHAKLI VA O'LCHAMLARI. TO'KISLIK QO'SHIMCHALARI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#151272
1   2   3
1mavzu (3)

KIYIMNING ICHKI SHAKLI VA O'LCHAMLARI. TO'KISLIK QO'SHIMCHALARI

Kiyim tananing ba’zi joylarida bemalol tursa, ba’zi joylariga yopishib turadi. Kiyim yopishib turadigan tananing joylari tayanch yuzasi deb ataladi, ularga mos detallar qismi esa tayanch yoki statik kontakt qismi deyiladi.

Tayanch yuzasi joylanishiga bog'iiq holda tikuv buyumlari ikki asosiy konstruktiv guruhga bo'linadi: tananing yuqori qismiga mo'ljal­langan kiyim (yelka poyasiga tayanib qo'l, tana va qisman yoki to'liq ravishda bo'yinni berkitadi); tananing pastki qismiga mo'ljallangan kiyim tos — bo'ksa poyasiga tayanib, tananing pastki qismini hamda qisman yoki to'liq ravishda oyoqlarni berkitadi.

Kiyimda statik kontakt uchastkalarining shakli va o'lchamlari tipaviy qomatlarning tayanch yuzalariga mosligi odam — kiyim tizimining statikadagi muvozanatini ta’minlaydi [19].

Tayanch yuzasidan pastroq joylashgan uchastkalarda kiyimning ichki yuzasi bilan odam tanasining orasida havoli bo'shliqlar hosil bo'ladi. Ular odamning bemalol nafas olishini, erkin harakatini, ushbu kiyimda o'zini normal his etishini hamda kiyimning muayyan shaklini, ya’ni siluetini ta’minlashiga xizmat qiladi.


Shu boisdan kiyimning ichki o'lchamlari tana o'lchamlariga nisbatan to'kislik qo'shimchasi miqdoriga mo'ljallab loyihalanadi.
Yelkada turadigan kiyim ham, belda turadigan kiyim ham tanaga uning hamma nuqtalari bo'yicha yopishib turmaydi va tanadan bir hil masofada ajralmaydi.
Har qanday kiyim o`z razmerlari bo'yicha odam tanasining razmerlaridan kattaroq. Odam tanasi va kiyimning ichki razmerlari orasidagi havo qatlami hosil bo`ladi. Bu qatlam bemalol harakat qilish va nafas olishni, odam organizmi normal faoliyat ko'rsatishi uchun, hamda muayyan siluetli shakl yaratish uchun ham kerak. Havo qatlami miqdori kiyim figuraga qanchalik yopishib turish darajasiga bog`liq.
Yelkada turadigan kiyim figuraga yopishib turish darajasiga ko`ra badanga yopishib turadigan, sal yopishib turadigan va har hil darajada bemalol turishi mumkin.
Kiyim badanga qay darajada yopishib turmasin, uning ichki razmerlari har doim tana razmerdaridan kattaroq bo`ladi. Kiyimning razmerlari odam tanasining razmerlaridan katta qiymati qo’shimchalar deyiladi. Ular katta П harfi bilan belgilanadi .Vazifasiga ko`ra: minimal zarur (tehnik) va dekorativ - konstruktiv qo’shimchalar bo`ladi.
П=Пмин+Пд
Minimal zarur qo’shimcha П мин bemalol nafas olish, bemalol harakat qilish va issiqlik almashinishi uchun muayyan havo qatlami hosil qiladi.
П мин qiymatga razmerlari dinamikada statikadadagi razmerlariga nisbatan o`zgarish ta'sir qiladi.
Bu qo’shimcha asosan ko'krak sathida kiyimning eni bo'yicha ko`zda tutilgani sababli uni aniqlashda yetakchi omil bo`lib ko'krak aylanasi chuqur nafas olgandagi va tinch holatdagi farq bo'lishi kerak (1,5 sm).
Kiyimning eni bo'yicha bemalol harakat qilish va nafas olishini ta'minlaydigan qo’shimchani kiyimning vazifasiga qarab tanlash kerak. Qo’shimchalar maishiy kiyimlarda deyarli bo'lishi, lekin mahsus kiyimlarda ergonomik ko'rsatkichlarni hisobga olish sharti bilan ma'lum darajada kattalashishi mumkin.
Ko'krak aylanasiga tehnik qo’shimcha kiyimning hiliga ham uning qavatliligiga ham bog`liq. Ustki kiyimlarda qo’shimchaning qiymati; ko`ylak uchun 2,5sm, jaket pidjak uchun 3 sm, palto uchun 5 -6 sm.
Ko'krak chizig`iga beriladigan qo’shimchaning dekorativ- konstruktiv qismi Пд.к. kostyum modelining eskizida berilgan shaklini hosil qilishga yordam beradi. Ularning qiymati kiyim hiliga, siluetiga, moda yo`nalishiga bog`liq.
Har xil siluet shakldagi kiyim konstruksiyasini tuzganda konstruktiv-dekorativ qo’shimcha Пд.к.ga katta ahamiyat beriladi.
Tehnik qo’shimchadan farqli ravishda Пд.к.da nafaqat eni, balki uzunligi bo'yicha qo’shimcha ko`zda tutiladi.
Maishiy kiyim assortimentini loyihalashda konstruksiya qo’shimchalar kiyim turi va moda yo`nalishiga qarab taqsimlanadi, Sport va mahsus kiyimlar konstruksiyasida qo’shimchaning kattaroq qismi o'mizga ajratiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə