Коксни қуритиш барабанли қуритиш қурилмаси ҳисоблансин ва лойиҳалансин



Yüklə 230,5 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü230,5 Kb.
#111918
1   2   3   4   5   6
барабанли қуритишG-30.8Зомонов

2.1.Tunelli quritgich

Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning to`g’ridan - to`g’ri kontakti orqali boradi. Sanoatda kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi. Konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80 % ini tashkil etadi.


Tunelli quritgichlar. Bunday tipdagi quritgichlar to`g’ri tӯrtburchak kesimiga ega bo`lgan uzun kameradan (koridordan) iborat bo`ladi (1-rasm). Kamera ichida vagonetkalarning sekin harakatlanishi uchun temir yo`l izlari o`rnatilgan. Koridorga kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zich yopiladi. Vagonetkalarga nam meterial joylashtiriladi. Qurituvchi agent ( havo) kaloriferlarda isitilib beriladi. Havo oqimi ventilyatorlar yordamida nam materialga nisbatan to`g’ri yoki qarama–qarshi yo`nalishda harakatga keltiriladi. Vagonetkalar esa mexanik chig’irlar yordamida harakatlanadi. Tunelning balandligi 2,0-2,5 m bo`lib, uzunligi 25-60 m gacha etadi.
Tunelli quritgichlarda qurituvchi agent qisman retsirkullyatsiya qilinadi. Bunday qurilmalar katta o`lchamli donasimon materiallarni quritish uchun ishlatiladi.
Kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzok vaqt davom etadi, quritish bir me`yorda bormaydi, qo`l kuchidan foydalaniladi.
2.2. Barabanli quritgichlar.
Bunday qurilmalar uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritgich tsilindrsimon barabandan iborat bo`lib, gorizontga nisbatan kichik og’ish burchagi (3–6o) bilan joylashtirilgan bo`ladi (2–rasm). Baraban bandajlari va roliklar yordamida ushlab turilib, elektrodvigatel’ va reduktor yordamida aylantiriladi. Qurilma uzunligining diametriga nisbati L/D=5 - 6. Barabanning aylanishlar soni 5-6 min-1 Nam material ta`minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi, bu yerda material aralashtirish ta`sirida bir oz quriydi. So`ngra material barabanning ichki qismiga o`tadi. Barabanning material bilan to`lish darajasi 25 % dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bo`yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo`yicha materialni bir me`yorda tarqatish va aralashtirishni ta`minlaydi. Bunday sharoitda materil bilan qurituvchi agentning o`zaro ta`siri samarali bo`ladi.

Baraban ichida materialning o`ta qizib ketishini oldini olish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan to`g’ri yo`nalishda xarakat kiladi chunki bunday sharoitda yuqori temperaturali issiq gazlar katta namlikka ega bo`lgan material bilan kontaktlashadi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5–1,0 m/s, katta bo`lakli materiallar uchun 3,5–4,5 m/s dan ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishidan oldin mayda changlardan tsiklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi.


Quritilgan material donalarning o`lchamlari va xossalariga ko`ra qurilmalarda har xil nasadkalardan foydalaniladi (3-rasm). Katta bo`lakli va qovushqoq xususiyatga ega materiallarni quritish uchun qurituvchi-parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega bo`lgan katta bo`lakli materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar ishlatiladi. Kichik bo`lakli, tez sochiluvchan materialarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar keng ishlatiladi. Mayda qilib ezilgan kukunsimon materiallarni berk yacheykali dovonsimon nasadkalari bo`lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan xam foydalaniladi.

Barabanli quritgichlarda materiallarning yaxshi aralashishiga erishiladi, natijada qattiq va gaz fazalari oralig’ida uzluksiz kontakt yuz beradi. Bunday quritgichlarning ish unumdorligi bug’lanayotgan namlik bo`yicha 100-120 kg/m3 soat gacha etadi. Barabanning diametri esa 1200 dan 2800 mm gacha boradi. Barabanli qurilmalar katta miqdordagi sochuluvchan mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi.



Yüklə 230,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə