Kommutatsion apparatlari va komplekt taqsimlovchi uskunalar. Reja



Yüklə 25,15 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü25,15 Kb.
#110086
Kommutatsion apparatlari va komplekt taqsimlovchi uskunalar.


Kommutatsion apparatlari va komplekt taqsimlovchi uskunalar.
Reja :
1 Kommutatsion apparatlari.
2 Komplekt taqsimlovchi uskunalar.

Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar.
Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin.
Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi.
Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.
Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‘chma yerga ulagich simining ko‘ndalang kesimi kamida 4 mm2, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan izolatsiyalangan yashin qaytargich troslari hamda ko‘chma uskunalarni (laboratoriya va h. k) yerga ulashda esa mexanik mustahkamligiga qarab kamida 10 mm2 bo‘lishi shart.
Har bir ko‘chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bu ma’lumotlar yerga ulagichga mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‘yib yozilgan bo‘lishi lozim.
Har bir ko‘chma yerga ulagich har 3 oyda bir marta hamda ishlatishdan oldin va qisqa tutashuv toki ta’sirida bo‘lgan hollarda ko‘zdan kechirilishi shart.
Simlarning ulangan kontaktlari emirilganda, mexanik mustahkamligi pasayganda, ular erib tushganda, 5 foizdan ko‘p sim tolalari uzilganda va shunga o‘xshash holatlarda ko‘chma yerga ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak.
To‘siq qurilmalari ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli masofagacha yaqinlashishdan saqlash hamda taqsimlovchi uskunalar uchastkalariga kirish yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi.

Shchitlar alif shimdirilgan va rangsiz lok surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektr izolatsiyalovchi materialdan qilinishi lozim.


Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiq yozuvlar yozib qo‘yilishi lozim. Shchit konstruksiyasi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan, og‘irligi esa bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan bo‘lishi darkor. Shchit balandligi kamida 1,7 m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan 10 sm bo‘lishi kerak.
Shchitlarni shunday o‘rnatish kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur.
Shchitlarning kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishiga ruxsat berilmaydi. Ish joyini to‘suvchi shchitdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”da qayd etilgan masofaga mos kelmog‘i shart.
(“Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sharq”, 1995-yil, 14-bet).
To‘siqlarni mustahkam o‘rnatish yoki mahkamlash uchun mo‘ljallangan shchitlarni ishlatishdan oldin ularning ulangan qismlari mustahkamligini, barqarorligini va detallarning chidamliligini tekshirish lozim.
Elektr tokiga ulab yuborishning oldini olish uchun qalpoqlarni bir qutbli ajratgich pichoqlariga kiygiziladi.
Qalpoqlar elektr xavfsizligi shartlari bo‘yicha ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatishning iloji bo‘lmagan elektr uskunalarining ulangan joylarida qo‘llaniladi.

Qalpoqlar ajratgich pichoqlariga bemalol kiygizilishi va unda mustahkam turishi zarur. Qalpoqlar rezinadan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ularni o‘rnatish va echib olgan asosiy himoya vositalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi zarur.


Qalpoqlarda yoriqlar, darz ketgan joylar, begona jismlar mavjudligi va boshqa buzilishlarning yo‘qligi har 12 oyda bir marta tekshirilishi lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, ,,O’zbekiston", 1992 y.

2. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «SHarq",1998 y.

3.O’zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 1996 y.

4.O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.

5.V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.

6.O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.

7.H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.

8.O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.



9. G’.E.YOrmatov. Hayot faoliyat xavfsizligi (Ma’ruza matnlari to’plami), Toshkent-2003

10. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Pod obщey redaksiey doktora texn. nauk, professora S.V.Belova. Moskva, «Vыsshaya shkola» 2003.
Yüklə 25,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə