Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi algoritmlar va berilganlar strukturalari


Partition(list, start, end, middle)



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə7/47
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#136696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Algoritmlar va berilganlar strukturasi(ATTs2)

Partition(list, start, end, middle)
If middle=K then
Return list[middle]
Else If K< middle then
Return rekursivTanlsh(list,middle+1,end,K)
Else Return rekursivTanlsh(list, start, middle-1,K-middle)
End if End if End if


Nazorat savollari:

  1. Izlash dеganda nimani tushunamiz?

  2. Izlash algoritmlarining ohiyati nimada?

  3. Qanday izlash algoritmlarini bilasiz?

  4. Qaysi izlash algoritmlari effеktivroq bo’lib hisoblanadi?

  5. Tanlash dеganda nimani tushunamiz?

  6. Qanday tanlash algoritmlari bor?



Saralash algoritmlari. Kvadratik, logarifmik va chiziqli qiyinchilikdagi saralash algoritmlari.
Bugungi mavzumiz algoritmlashning to`rt asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblangan saralash algoritmlariga bag`ishlanadi. Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Misol uchun maktab jismoniy tarbiya darsi. Bu dars boshida bolalar bo`ylariga qarab safda turishadi. Me`yor topshirish jarayonida esa sinf jurnalidagi familyalar ketma-ketligiga qarab topshirishadi. Shu yerning o`zida 2ta saralashdan foydalanilyapti. Biri, bo`y uzunligi bo`yicha, ikkinchisi sinf jurnalidagi o`rinlar bo`yicha.
Saralash jarayoni qanday kechadi? Saralash jarayoni taqqoslashga asoslangan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni his qilish uchun miyamizdagi tezlik bilan kechayotgan jarayonlarni birma-bir tahlil qilib chiqamiz(buning uchun saralanmagan sonlar ketma-ketligini olamiz):
Sonlar berilishi: 23, 54, 3, 22, 1, 45;

  1. Eng kattasini boshiga o`tkazamiz: 23, 3, 22, 1, 45, 54;(54 soni har bir son bilan solishtirilib eng katta ekani aniqlandi, 45 esa o`z o`rnida turibdi)

  2. Shu tartibni davom ettiramiz: 3, 22, 1, 23, 45, 54;(23 undan keyinda turuvchi eng katta son)

  3. Yuqoridagi amalni yana davom ettiramiz: 3, 1, 22, 23, 45, 54;(22 esa davomchi)

  4. Oxirgi marta almashtirishimiz quyidagi natijani beradi: 1, 3, 22, 23, 45, 54;(1 eng kichigi)


Demak, miyamiz xuddi shu jarayonni takrorlar ekan. Endi bizga ma`lumki, bizning miyamiz o`zi optimal deb bilgan yo`nalishdan ketadi va biz uchun faqat bitta saralash algoritmi mavjud. Ammo dasturlashda bunday deb bo`lmaydi. Dasturlashga talab ortib, bu soha rivojlanib borgani sari unda bir qator sohalardagi kabi tezlikni oshirish muammosi paydo bo`ladi. Chunki ilk kompyuter tizimlarida kompyuter tizimining 30% tezligi, operativ xotirasi saralashga sarflanar edi. Shu o`rinda savol tug`iladi, operatsion tizimlarda ham saralashdan foydalaniladimi? Albatta ha! Fikrimiz isbotini hozirda keng foydalaniladigan Total Commander dasturi isbotlaydi. Unda bir necha xil saralash mavjud: fayl turi, nomi, o`zgartirilgan sanasi va o`lchami. Har birini o`sish yoki kamayish tartibida saralash mumkin. Ha aytgancha, hozirgi tizimlar 30% emas anchagina kamroq tezlik va xotira sarflashadi. Chunki tezlik masalasi tobora yuqori cho`qqiga chiqayotgan va ishlanayotgan ma`lumotlar o`lchami oshib borayotgan bir paytda sekin ishlovchi algoritmlardan foydalanish kulguli. Ma`lumotlar o`lchamlari esa juda katta, shu sabali ularni aniq va tez saralashga ehtiyoj mavjud. Buni amalga oshirish uchun esa yangi algoritmlarga ehtiyoj tug`ila boshladi. Buni yechimi sifatida bir necha turdagi algoritmlardan foydalaniladi. Ular:

  1. Bubble sort;

  2. Selection sort;

  3. Insertion sort;

  4. Quick sort;

  5. Merge sort.




Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə