“Kompyuter savodxonligi” to`garagining maqsad va vazifalari



Yüklə 24,5 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü24,5 Kb.
#82486
Kompyuter savodxonligi


Kompyuter savodxonligi” to`garagining

maqsad va vazifalari
Dunyoda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi va hukumatimimizning axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida olib borayotgan izchil siyosati maktablarda informatika fani mazmunini muttasil yangilab borishni taqozo etadi. Shu o`rinda o`quvchi egallashi lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalarni belgilab beruvchi Davlat ta`lim standartlari, o`quv dastur va rejalarining mukammal bo`lishi katta ahamiyatga ega.

To`garagimizning maqsadi o`quv jarayonida olingan bilim va ko`nikmalarni mustaxkamlash, hozirgi kunda dolzarb bo`lgan mavzularni o`quvchilarga etkazish.

To`garakning asosiy vazifalari o`quvchilarga zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlari, yangi axborot texnologiyalarining jamiyati- mizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta`siri haqida tasavvur hosil qilish.

To`garak ishining mazmuni axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari haqida ma`lumot berishdan iborat.
Yüklə 24,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə