Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot


NEFT UYUMLARINI ISHLATISH SISTEMALARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TO’G’RISIDA QISQACHA



Yüklə 24,53 Kb.
səhifə2/5
tarix22.02.2023
ölçüsü24,53 Kb.
#101279
1   2   3   4   5
Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja neft u-hozir.org

NEFT UYUMLARINI ISHLATISH SISTEMALARINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TO’G’RISIDA QISQACHA
MA’LUMOT
1940-yilga qadar neft uyumlarini ishlatishning asosiy texnologiyasi uyumni tabiiy rejimda ishlatishdan iborat bo’lgan. 1941 yilga kelib neft konlarini ishlatish paytida qatlamdagi bosimni muqim saqlab turish metodi asosida neft chiqarib olish texnologiyasida sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari nazariyasi yaratildi. 1946 yildan qatlamdagi bosimni bir me’yorda saqlash uchun uyum chegarasi ortida, qatlamning suvli qismida joylashgan haydash quduqlaridan qatlamga suv haydash boshlandi.
Suv bostirish sistemasini loyihalashtirishning rivojlanishida quyidagi asosiy davrlar farqlanadi:
I-davr 1946-52 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda ilk bor suv qatlam ichiga bosim ostida haydaldi. Bu usul Tuymazin, Bavlin va b. neft konlarida sinovdan o’tdi va o’sha davrda neft qazib olishni yiliga 3,6 mln. t. ga ko’paytirish imkonini berdi.
II-davr 1953-60 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda kon chegarasi tashqarisiga suv haydash usulidan o’lchami nisbatan katta bo’lmagan konlarda foydalanildi. Romashkin neft koni ochilganidan so’ng maxsus yangi texnologik jarayonni loyihalashtirish zaruriyati tug’ildi.
Bunga ko’ra 23 ta maydonda D1 gorizont chegarasi ichiga suv haydash yo’li bilan uyum «kesildi». 1954 yilda Romashkin konida uyumning faqat neftli qismiga suv haydash boshlandi. Neft uyumini haydash quduqlari bilan kesib o’tib, chegara ichiga suv haydash neftlilik maydoni katta bo’lgan uyumlarda keng miqyosda qo’llanila boshlandi.
Qayd etilgan hamma tadbirlarni joriy etish natijasida neft qazib olishning yillik o’rtacha o’sishi 11 mln. t ga etdi.
III  davr 1961 yildan boshlandi. Bunda o’lchami o’rtacha va nisbatan kichik bo’lgan, o’tkazuvchanligi past, tarkibi har xil va chegara orti zonasi bilan yaxshi bog’lanmagan qatlamlardagi neft uyumlarining chegarasi ichiga suv haydaldi.
Shunday qilib, neft uyumlarini ishlatishni jadallashtirish maqsadida chegara ichra suv bostirish qo’shimcha ravishda chegara tashqarisiga suv haydashni talab etmaydigan mustaqil sistemaga aylandi (Uzen, Pravdin, Samotlor va b. neft konlarida). Bu davrda ilgari chegara ortiga suv bostirish yo’li bilan ishga tushirilgan ko’pgina konlarda ishlatish samaradorligini oshirish uchun chegara ichiga suv haydash boshlandi (Muxanov, Magion va b. neft konlarida). Keyingi yillarda bir qator rayonlarda geologik tuzilishi yaxshi o’rganilmagan, neft qovushqoqligi yuqori bo’lgan uyumlarning ishga tushirilishi sababli suv bostirishning yangi sistemasi  maydoniy va tanlanma suv bostirish amalga oshirildi. Bunda ishlatish quduqlari uch qator qilib joylashtirildi.

Yüklə 24,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə