Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja: neft uyumlarini ishlatish sistemalarining rivojlanish bosqichlari to’G’risida qisqacha ma’lumot


ISHLATISH SISTEMASI VARIANTINI TANLASHNING GEOLOGIK SHAROITLARI



Yüklə 24,53 Kb.
səhifə4/5
tarix22.02.2023
ölçüsü24,53 Kb.
#101279
1   2   3   4   5
Konning ishlatish sistemasini tanlash va loyihalash reja neft u-hozir.org

ISHLATISH SISTEMASI VARIANTINI TANLASHNING GEOLOGIK SHAROITLARI
Ishlatish sistemasi variantini tanlashda uyumdan bir tonna neft chiqarib olishga sarf bo’ladigan xarajatlarni kamaytirib, neftni yer qa’ridan qisqa vaqt mobaynida butunlay chiqarib olish zarurligiga e’tibor beriladi.
Bunda neft uyumining tabiiy sharoiti asosiy rol o’ynaydi. Uyumlarning tiplari, morfologiyasi va o’lchami turlicha bo’lganligi sababli, ulardan neftni chiqarib olish to’g’risida juz’iy tavsiyanomalar berish maqsadga muvofiq emas.
Umuman platforma tipidagi strukturalar odatda o’lchamining kattaligi, jinslarning qiyalanib yotishi, tagidan ostki suvlar bilan chegaralangan keng suv-neftli zonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Ko’pgina hollarda uyumning suv-neftli zonasining maydoni toza neftli zonaning maydoniga teng yoki undan katta bo’lishi ham mumkin. Odatda bunday neft uyumlarida tarang suv bosimli rejim kuzatiladi; qatlamlarning tarkibi har xilligi bilan ajralib turadi. Shunga ko’ra bunday konlarning ishlatish sistemasini tanlashda qatlamga suv bostirish sharoitlari inobatga olinadi(q. 10-bob).
Ma’lumki, geosinklinal oblastlaridagi strukturalar kichik va o’rtacha o’lchamdaligi va strukturalarning aniq ifodalangan shakllarining namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi va ularda odatda juda kichik suv-neft zonali qatlam uyumlari uchraydi. Bunday uyumlar suv bosimli rejimda va ayrim hollarda erigan gaz rejimi va gaz qalpog’i rejimida bo’ladi. Mahsuldor qatlamlar yuqori kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan kvartsli qumtosh va qumlardan tarkib topgan. Qayd etilgan sharoitlar ishlatish sistemasining turli variantlarini tanlashni taqozo etadi.
Ishlatish sistemasini tanlashda quduqlarning joylashish qatoriga, ya’ni haydash quduqlarining joylashgan qatorlari oralig’idagi ishlatish quduqlari qatori soniga e’tibor berish kerak. Ma’lumki, dastavval ko’p qatorli sistemalar  ishlatish quduqlarining etti-to’qqiz qatori qo’llanilgan. Tajribadan ma’lum bo’lishicha, gidroo’tkazuvchanlik 0,0610-12 m3/(mPas) dan kam va qatlamlar uziq-uziq bo’lganda uyumni ishlatish boshlanishida maydoniy yoki bir qatorli sistemani ishlatish maqsadga muvofiqdir. Gidroo’tkazuvchanlik yuqori bo’lganda esa uch va to’rt qatorli sistemalardan foydalanilganda yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish mumkin. Ko’p qatorli sistemada neft beraolishlikning yuqori ko’rsatkichi faqat bir xil tarkibli qatlamlardan olinadi.

Yüklə 24,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə