Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy [



Yüklə 15,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü15,81 Kb.
#162122
Konstantin Ushinskiy - Vikipediya



Konstantin
Ushinskiy
Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy
[1824.19.2(2.3), Tula 1870.22.12
(1871.3.1), Odessa, Kiyevda dafn etilgan]
rus klassik pedagogi, Rossiyada ilmiy
pedagogika va xalq maktabi asoschisi.
Moskva universitetining yuridik fakultetini
tugatgan (1844). Rossiyadagi turli maorif
shoxobchalarida, jurnallarda ishlagan.


Ushinskiy pedagogik sistemasining
negizi taʼlim va oʻqitish tizimida
demokratlashtirishni talab qilishdan
iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib,
pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi,
degan fikrni ilgari surgan va buni isbot
etgan. Ushinskiy pedagogika
nazariyasining asosini tarbiyaning
xalqchillik gʻoyasi — tarixiy jarayonda
mehnatkash xalqning yaratuvchilik
kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan.
Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir
fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb
hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni
aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy
shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon
deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya


asosiy oʻrinni egallashi lozim deb
hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar
mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim
omillaridan biri sifatida qaragan.
Ushinskiy ning axloq va axloqiy tarbiya
toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik
gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit
didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda
taʼlim mazmunini tanlash hamda uni
bolalarning yosh xususiyatlariga
moslashtirish masalalari ochib berilgan.
Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini
tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol,
hissiyot, tafakkur kabi psixologik
mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson
tarbiya predmeti sifatida" degan asarida
psixologiyani tajriba maʼlumotlariga


asoslanib tuzishga harakat qildi. U
bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya
psixologiyasini ishlab chiqqan. Maktabda
ona tili darsiga katta ahamiyat berdi.
Uning "Bolalar dunyosi va xrestomatiya",
(1861), "Ona tili" (1864) kabi darsliklari
mazmunining boyligi, tili va metodikasi
jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv
kitoblaridir.
[1]
1. 
"Konstantin Ushinskiy" 
OʻzME

U-harfi (htt
p://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy
_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%2
0Ensiklopediyasi%20-%20U%20harfi.pdf)
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar


Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipe
dia.org/w/index.php?title=Konstantin_Ush
inskiy&action=edit) Vikipediyaga
 yordam
berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Konstantin_Ushinskiy&oldid=
2012733
" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 25-Avgust 2018, 15:00 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 15,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə