Koordinatalar sistemasi


To‘g‘ri burchakli yassi koordinata



Yüklə 75,71 Kb.
səhifə3/4
tarix30.05.2022
ölçüsü75,71 Kb.
#88388
1   2   3   4
Koordinatalar sistemasi

3. To‘g‘ri burchakli yassi koordinata.
Kichik territoriyalarning planini olishda va katta aniqlik talab qilinmaydigan hisoblarda to‘g‘ri burchakli yassi koordinata hamda qutbiy koordinata sistemalaridan foydalaniladi.

SHakl 6
To‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasida nuqtalarning bir-biriga nisbatan o‘rni o‘zaro perpendikulyar ikki chiziqning kesishgan nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. O‘zaro perpendikulyar ikki chiziqcha koordinata o‘qlari, ularning kesishgan nuqtasiga esa koordinata boshi deyiladi. Bu koordinata sistemasi Dekart to‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi.
Bu sistemada vertikal chiziq - ordinata (u), gorizontal chiziq - absissa (x). Geodeziyada esa aksincha vertikal chiziq - absissa X, gorizontal chiziq - ordinata U deb qabul qilingan. O - koordinata boshi, x - o‘qi absissa shimolga yo‘nalgan; y - o‘qi ordinata sharqqa yo‘nalgan (chizmaga qarang).

4. Qutbiy va qo‘sh qutbli koordinatalar.
Qutbiy koordinata: Agar to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasidagi o‘zaro perpendikulyar x va y o‘qlar o‘rniga faqat x o‘qi va koordinata boshlanish nuqtasi O olinsa, qutbiy koordinata sistemasi hosil bo‘ladi.
Biror S nuqtaning qutbiy nuqtaga nisbatan o‘rnini aniqlash uchun bu nuqtani, qutbiy nuqta bilan tutashtiruvchi chiziqning uzunligi OS va qutbiy o‘q OX bilan OS chiziq orasidagi burchak a o‘lchanadi

SHakl 7
OS - chiziq radius vektor.
a - orientirlash burchagi.
Qo‘sh qutbiy koordinata. Qo‘sh qutbli koordinatada biror S nuqtaning A va V nuqtalarga nisbatan o‘rni qutbiy nuqtalar A va V o‘rni aniqlanayotgan nuqtagacha bo‘lgan chiziqlar AS va VS uzunligi d, d2 yoki AV chiziq bilan AS va VS orasidagi burchaklar b1, b2 qiymatlari yordamida aniqlanadi. Bundan tashqari S nuqtaning o‘rnini AS va VS chiziqlar yo‘nalishining orientirlash burchaklari a1, a2 bilan ham aniqlash mumkin.

SHakl 8


Yüklə 75,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə