Korporativ strategiyani shakllantirish bosqichlari va tarkibi


I Bob. Korxonani korporativ stratеgiyaga mos kеlishi jixatidan baxolash va ularning korporatsiya uchun nisbiy stratеgik axamiyatini aniqlash



Yüklə 326,46 Kb.
səhifə2/9
tarix14.06.2022
ölçüsü326,46 Kb.
#89442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi moliya

I Bob. Korxonani korporativ stratеgiyaga mos kеlishi jixatidan baxolash va ularning korporatsiya uchun nisbiy stratеgik axamiyatini aniqlash
1.1 Korxonada strategiya ishlab chiqish vazifalari va strategiya turlari
Maqsadlar pastdan yuqoriga qaraganda ko’proq yuqoridan pastga qarab yaratiladi. Shu sababli quyi pog’ona rahbarlarini kompaniya maqsadlarini bajarishga safarbar etish lozim. Tashkilot missiyasini va maqsadlarini bajarish uchun tashkilotga strategiya zarur. Strategiyani yarata turib: mehnat unumdorligini qanday oshirish mumkin, raqobatchilarni qanday orqada qoldirish mumkin, raqobatbardoshlikni qanday ta‟minlash mumkin, tashkilotning uzoq muddatli mavqeini qanday mustahkamlash mumkin, kompaniyaning strategik ko’rinishini qanday yaratish mumkin degan savollarga javob berish lozim. Kompaniya uchun katta ahamiyatga ega bo’lmagan (reklama xarajatlarini amalga oshirish, dividentlarni oshirish, X va U yangi zavodlarini joylashtirish) yoki oddiy boshqaruv masalalari (avtomobillarni sotib olish kerakmi yoki ijaraga olish kerakmi, sotish bo’limida kadrlar oqimini pasaytirish) strategiyaga sezilarli ta‟sir etmaydi. Strategiya - nima qilish kerak, qachon bajarish kerak va kimlar qatnashishi kerak? degan savollarga javob beradi. Kompaniya strategiyasini yaratish va tadbiq etish to’xtovsiz davom etadigan jarayondir. Katta korxonalar, kompaniyalar strategiyasini yaratish jarayoniga oliy rahbariyat bilan birgalikda ofis rahbarlari, ishlab chiqarish va tijorat bo’limlari boshliqlari, funksional bo’lim rahbarlari ishlab chiqarish korxona rahbarlari va konstruktiv buyumlarni ishlab chiqarish rahbarlari ham qatnashadilar. Diversifikatsiyalashgan korxonalarda strategiya to’rt alohida tashkiliy pog’onalarda yaratiladi.Tashkilot strategiyasi tashkilotni hozirgi holatidan kelajakda egallashi lozim bo’lgan mavqega qanday o’tkazish mumkin degan savolga javob berishi ya’ni strategik natijalarga erishish vositalarini o’zida mujassam etishi lozim. Birinchi pog’onada kompaniya tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar uchun-korporativ strategiya yaratiladi.
Ikkinchi pog’onada kompaniyani diversifikatsiyalovchi alohida biznes turi strategiyasi yaratiladi. Uchinchi pog’onada funksional bo’limlar uchun funksional strategiya yaratiladi. Bunga ishlab chiqarish strategiyasi, marketing strategiyasi, moliyaviy strategiya va boshqalar kiradi. To’rtinchi pog’onada ishchi bo’limlarning operativ strategiyasi yaratiladi.


























1-jadval





Yüklə 326,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə