Korxona va ishlab chiqarish tanlovi erkinligi xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayoni aholi va mehnat resurslari



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə1/11
tarix16.06.2022
ölçüsü48,55 Kb.
#89624
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KORXONA DAROMADLARI VA FOYDASINI MAKSIMALLASHTIRISH.


KORXONA DAROMADLARI VA FOYDASINI MAKSIMALLASHTIRISH.


REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. KORXONA VA ISHLAB CHIQARISH TANLOVI ERKINLIGI

  2. XOMASHYO. TABIIYKI, ISHLAB CHIQARISH JARAYONI

  3. AHOLI VA MEHNAT RESURSLARI

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOT

KIRISH
MAVZUNING DOLZARBLIGI Ishlab chiqarishni (moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatta hudud shart-sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to‘g‘ri tanlay bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimning rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o‘rin, ekologik omil, bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg‘i, suv, iqlim), ijtimoiy (mehnat resurslari, iste’molchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport) omillar e’tiborga olinadi.
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog‘ini hududiy tashkil etish­da barcha omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda qaysi bir omil yetakchi ekanligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalani­ladi: K=O/M bu yerda K — ishlab chiqarish koeffitsienti; O — mazkur korxona yoki umuman ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishga ta’sir etuvchi omil; M — mahsulot birligi.
Ushbu formula yordamida ma’lum bir mahsulot birligini hosil qiluvchi barcha omillar alohida-alohida hisoblab chiqiladi (masa­lan, bir tonna shakar olish uchun qancha xomashyo, ya’ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektroenergiya yoki mehnat sarflanadi). Qaysi omil bo‘yicha yirik son chiqsa, odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi va u mazkur ishlab chiqarish tarmog‘ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o‘taydi.
Xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo resurslari muhim omil hisoblanadi. Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda esa xomashyo boshqa omillarga qaraganda ko‘proq talab etiladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi.
Sanoatning ba’zi tarmoqlari, masalan, tog‘-kon, o‘rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining joylashuvi xomashyo bo‘lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashu­vi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko‘lami bilan belgilanadi.
Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy hashkil etilishi esa biroz murakkabroq ko‘rinishga ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan 3 tonna paxta, bir tonna paxta yog‘i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog‘i uchun 3 tonna kungaboqar, 1 tonna shakar uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi.

Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə