Korxona va ishlab chiqarish tanlovi erkinligi xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayoni aholi va mehnat resurslari



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə10/11
tarix16.06.2022
ölçüsü48,55 Kb.
#89624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KORXONA DAROMADLARI VA FOYDASINI MAKSIMALLASHTIRISH.

3. Dastlabki hujjatlarni tekshirish


Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo’shilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko’chirmalari, to’lovtopshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo’la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko’chmas mulk, er uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o’xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar:

  • davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risida guvohnoma;

  • buyruqlar va farmoyishlar;

  • aktsiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;

  • aktsiyalarga obuna bo’lish natijalari to’g’risidagi, savdo natijalari to’g’risidagi, ta’sischilar yoki aktsiyadorlar majlisining bayonnomalari;

  • soliq inspektsiyada hisobga olinganligi to’g’risida ma’lumotnoma, davlat statistika organlari, tegishli sug’urta tashkilotlari va boshqa byudjetdan tashqari tashkilotlarda ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar;

  • yuritilayotgan hisob shaklidan qat’iy nazar ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.

Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo’shish muddatlariga rioya qilinishini va to’liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

  • ustav kapitalining to’liq shakllanganligi;

  • ta’sischilar haqiqatda qo’shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida belgilangan shartlarga mosligi;

  • ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo’shishda qonunchilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.

Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog’ida tekshirilayotgan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chunonchi, aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olinadigan, jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.

xulosa
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish amalga oshirilayotgan hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi oldida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini, uning O‘zbekiston Respublikasida qanday amalga oshirilayotganini, bu qonuniyatlarning ishlab chiqarishga tadbiq etilishi va pirovard natijasini, talab darajasida xizmat ko‘rsatish va tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning sirlarini bilib olish kabi vazifalar turibdi. Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish tajribasidan voz kechib, o‘z-o‘zini boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu o‘z-o‘zini tartibga solib, yo‘naltirib, barqaror o‘sish suratlarini ta’minlab turadigan yangi bozor mexanizmining markazida inson omili yotadi. Boshqacha qilib aytganda shunday sifatdagi kadrlar tayyorlash kerakki, u o‘zida hozirgi zamon ilmiy-texnik inqilobi yutuqlarini mujassamlashtirgan, paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni bartaraf qila oladigan xususiyatlarni gavdalantirgan bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda kadrlar o‘zida yuksak milliylik, o‘z Vatani imkoniyatlaridan unumli foydalana bilish xislatlarini ham egallashlari darkor. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat, deb ta’kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada hamma narsa tabiiy boyliklar, unumdor yer, qudratli iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy salohiyatlar mavjud. Eng muhimi - bu diyorda mehnatsevar xalq va iste’dodli yoshlar yashaydi»* , - degan edi. O‘zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo‘lishi ko‘p jihatdan hozirgi kunda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarga bog‘liq ekan, ularni har tomonlama yetuk kadrlar qilib tayyorlash, ayniqsa, ilmiy jihatdan har qanday nazariy muammolarga va xo‘jalik amaliyotida paydo bo‘ladigan savollarga ijobiy yondasha oladigan, ularni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash shu kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida «yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab talabalarni o‘qitishni intensivlashtirish» eng zarur vazifalardan qilib qo‘yilgan. Pedagogik texnologiya bu - texnika va inson omillarining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda o‘qitish va darslarni o‘zlashtirish jarayonidagi yaratish, qo‘llash, aniqlashni optimal shaklga keltirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan sistemali yondashish uslubidir. O‘qitishning maqsadi, uning mazmuni, dars uslubi, nazorat va natijani baholashni o‘zaro bog‘lab loyihalash, dars o‘tayotgan o‘qituvchining maqsadi va talabalarning vazifalari orqali aniq ravshan belgilab berish pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi.


Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə