Korxona va ishlab chiqarish tanlovi erkinligi xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayoni aholi va mehnat resurslari



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə3/11
tarix16.06.2022
ölçüsü48,55 Kb.
#89624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KORXONA DAROMADLARI VA FOYDASINI MAKSIMALLASHTIRISH.

Aholi va mehnat resurslari. Albatta, har bir ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko‘p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarda mehnat resurslarining miqdori ko‘p bo‘lishi shart emas, ularga «oz va soz» malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxona va tarmoqlar (radio va asbobsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o‘xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo‘lgan shaharlarda, ilmiy-texnik markazlarga joylashtiriladi.
Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda.
Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish aholiga kerak bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli, iste’mol omili oziq-ovqat korxonalarini o‘ziga «tortadi», ya’ni bunday zavod va fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarga joylashtiriladi. Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi o‘sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur.
Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa, bu yerda shunga mos mashinasozlik tarmog‘i yaxshi rivojlangan bo‘lishi qonuniy bir holdir. O‘zbekistonda paxta teruvchi, Belarusda kartoshka teruvchi, Ukrainada qand lavlagi teruvchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, boshqa sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə