Korxona va ishlab chiqarish tanlovi erkinligi xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayoni aholi va mehnat resurslari



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə4/11
tarix16.06.2022
ölçüsü48,55 Kb.
#89624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KORXONA DAROMADLARI VA FOYDASINI MAKSIMALLASHTIRISH.

Transport omili. Bu omil juda muhim bo‘lib, u ishlab chiqa­rishning bevosita davom ettiruvchi tarmog‘i hisoblanadi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan birga qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy-geografik o‘rin omili bilan ham chambarchas bog‘liq, zero bu o‘rin obyektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Fan-texnika taraqqiyoti omili. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko‘rinadi (mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo). Shubhasiz, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko‘pgina korxonalar, ayniqsa, mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo‘lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Ekologik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining faoliyati shu nuqtayi nazardan to‘xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko‘plab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog‘och-selluloza, go‘sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va shunga o‘xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqda joylashishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti — murakkab tushuncha bo‘lib, bosqichma-bosqich o‘tiladigan iqtisodiy munosabatdir. Yevropa davlatlari bu borada boy tajribaga ega, chunki ularda bu munosabat uzoq yillar davomida shakllanib kelgan.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o‘tib bo‘lmaydi, buning uchun avvalo barcha shart-sharoitni yaratish kerak, ya’ni uning o‘ziga xos moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun bunday munosabatlarga o‘tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va bosqichma-bosqich, ya’ni evolutsion rivojlanishni taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti — ishlab chiqarish erkinligi, xarid erkinligi va raqobat demakdir. Bunday sharoitda ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog‘lom raqobat muhitni vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr yuritishimiz tamomila o‘zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda nimaga ixtisoslashuvini va qayerga joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o‘zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.

Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə