Korxonalarda ish yuritish hujjatlari



Yüklə 77,26 Kb.
səhifə14/25
tarix31.12.2021
ölçüsü77,26 Kb.
#81347
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
ish yuritish hujjatlari

TILXAT


Ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.

Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.

Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:


  1. Hujjatning nomi (Tilxat).

  2. Matn:

  1. tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasi-

ning ismi;

  1. pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxs-

ning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi);

d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ular-

ning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);

f) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina,

apparatlar va h.k. bo‘lsa).


  1. Tilxat berilgan sana.

  2. Tilxat muallifining imzosi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart.

Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.

TILXAT


Men, Toshkent davlat madaniyat institutining xo‘jalik ishlari bo‘limining mudiri Bahodir Olimov Toshkent musiqa asboblari kor xonasining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 1800 (bir ming sakkiz yuz) so‘m bo‘lgan 100 (yuz) dona rubobni qabul qilib oldim.

2010.12.08. (imzo) B. N. Olimov

Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.


Yüklə 77,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə