Korxonalarda ish yuritish hujjatlari



Yüklə 77,26 Kb.
səhifə21/25
tarix31.12.2021
ölçüsü77,26 Kb.
#81347
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ish yuritish hujjatlari

Mehnat bitimi shartnoma turlaridan biri bo‘lib, u orqali muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan xodim(lar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar rasmiylashtiriladi.

Shartnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

  • xizmatlarni bajaruvchi tashkilotning (yakka tartibdagi tadbirkor uchun familiya, ismi, sharifi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot) firmali nomlanishi (nomlanishi) va joylashishi (yuridik manzili);

  • xizmat turi;

  • xizmat bahosi;

  • materiallar (buyumlar)ning aniq nomi, ta’rifi va bahosi. Bu shunday holatda sodir bo‘ladiki, agarda xizmat bajaruvchi materiallaridan yoki iste’molchi materiallaridan (buyumidan) tayyorlanadigan bo‘lsa;

  • iste’molchi tomonidan xizmatlar bahosining to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida belgi yoki hujjatlarni rasmiylashtirish paytida oldindan qisman to‘lash (avans);

  • qabul qilish va buyurtmani bajarish muddatlari;

  • ish natijalariga kafolatlangan muddatlar;

  • ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lgan qolgan zaruriy ma’lumotlar;

  • buyurtmani qabul qilgan shaxsning amali, uning imzosi, shuningdek, buyurtmani topshirgan iste’molchining imzosi.

Shartnomaning bir nusxasi xizmat bajaruvchisi tomonidan iste’molchiga beriladi.

Iste’molchining qatnashgan holdagi bajargan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma kassa cheki, chiptasi va hokazolar yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

Iste’molchi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish muddatlarining buzilishi sababli unga yetkazilgan zararlarning to‘liq qoplanishini talab qilishga haqli. Xizmat ko‘rsatish belgilangan muddatlarining yoki iste’molchi tomonidan belgilangan yangi muddatlarning buzilishi holatida, servis tashkiloti (bajaruvchi) iste’molchiga har bir o‘tib ketgan kun (soat, agarda muddat soatda belgilangan bo‘lsa) uchun xizmat ko‘rsatish bahosining uch foizi, agarda xizmat ko‘rsatish bahosi shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, buyurtma umumiy bahosining uch foizi miqdorida jarima to‘laydi.

Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma bekor qilinganda, bajaruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonida vujudga kelgan o‘z xarajatlarining qoplanishini, shuningdek, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni talab qilishga haqli emas, istisno sifatida faqat shunday holatdaki, agarda iste’molchi ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilsa.

O‘z materialidan foydalanilgan holda xizmatlarni bajaruvchi servis tashkiloti (bajaruvchi) uning sifati uchun fuqarolik qonunchiligiga taalluqli ravishda, kerakli darajada sifati bo‘lmagan tovarlar uchun sotuvchi javobgarligi qoidalari bo‘yicha javob beradi. Bajaruvchi tomonidan iste’molchi talablarini qondirishning tartibi va muddatlari, shuningdek, ushbu muddatlarning buzilishi bo‘yicha javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmatlarni taqdim etish qoidalari va ularga talablar O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida, alohida xizmat turlarini ko‘rsatish qoidalari, xizmat turlari uchun standartlar va boshqalarda aks ettiriladi.



Yüklə 77,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə