6-rasm.
Shunday qilib barcha dalillar ko`p hujayralilarni xivchinlilar (yoqasimon
xivchinlilar - protomonadalar turkumi) dan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
Ko’p hujayralilar tanasi ko’p sonli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar
tuzilishi va funksiyasiga binoan bir-biridab farq qiladi. Masalan, muskul
hujayralari qisqarish xususiyatiga ega bo’lib, harakatlanish, nerv hujayralari
ta’sirni sezish va unga javob berish vazifasini bajaradi. Ko’pchilik hayvonlar
tanasida tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra o’xshash bo’lgan hujayralar birgalikda
to’qimalarni, to’qimalar organlarni hosil qiladi. Tuban ko’p hujayralilar organlari
rivojlanmagan.
Dostları ilə paylaş: