a) epitelial to`qima
- himoya vazifasini bajaruvchi to`qima bo`lib, unga
tashqi, terini qoplagan va ikkilamchi tana bo`shlig`i – selomni, shuningdek ichak
va boshqa hazm organlarining ichki va tashqi devorini qoplagan to `qimalar
kiradi.
b) biriktiruvchi to`qimalar
– bu to`qimalar ularning hujayralararo
mahsulotlari turli xil hayvonlar tanasida nihoyatda ko`p tarqalgan bo`lib, juda
murakkab va xilma-xil vazifalarni bajaradi. Dastlab yassi chuvalchanglarda
rivojlangan parenxima deb ataluvchi to`qimalar biriktiruvchi to`qimalardir.
Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlardagi qon hosil qiluvchi organlar - taloq,
jigar va hokazolar shu xil to`qimalardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: |