Gidrozoylar - Gydrozoa sinfi.
Gidrozoylar dengiz va okeanlarda
koloniya bo'lib yashaydi. Ayrim vakillari chuchuk suvlarda yakka hayot
kechiradi. Gidrozoylar Gidroidlar-Gidroidea va Sifonoforalar-Siphonophora
sinflariga bo'linadi. Gidra bu sinfning tipik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tuzilishi.
Gidra tiniq suvli ko'l, hovuz va
daryolarning tinch oqadigan joylarida suv o'tlari va boshqa narsalarga yopishib
hayot kechiradi. Bizda gidrani bahor, yoz va erta kuzda uchratish mumkin.
Uning silindrsimon tanasining uzunligi 5-7 mm keladi. Tanasi ostki tomoni
tovon deyiladi. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Gidra
singari o‘troq hayot kechiradigan bo‘shliqichlilar polip deyiladi («polip» -
«kо’poyoq» ma'nosini anglatadi). Tanasining yuqori uchida og‘iz teshigi
joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida 5-12 ta uzun va ingichka paypaslagichlari
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |