Кўп ҳужайралилар


Ichki  bo'shlig'i  va  tana  devori



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix11.05.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#86581
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Кўп ужайралилар

   

Ichki  bo'shlig'i  va  tana  devori.

  Gidraning  tanasi  ichi  bo‘sh  xaltachaga  

o'xshaydi.    Bo'shliq    paypaslagichlarning    ichiga    ham    davom    etadi.    Gidraning  

tashqi    va    ichki    qavatini    ajratib    turadigan    mezogliy  pardasi  juda  yupqa 

bo'ladi(rasm).  

          



Ektoderma    hujayralari.

    Gidra    tanasi  devorining  tashqi  qavati har  xil  

hujayralardan    tashkil    topgan.    Ularning    ko‘p    qismini  teri-muskul    hujayralari  

tashkil    etadi.    Hujayralarning    kengaygan  asosiy    qismida    qisqaruvchi    muskul  

tolalari    joylashgan.    Teri-muskul  hujayralari    zich    joylashganligi    tufayli    muskul  

tolalari    gidraning  butun   tanasi  bo'ylab  tortilgan  bo'ladi.  Hujayralardagi  muskul  

tolalari  qisqarganida    gidra  tanasi  kalta  tortib  yumaloqlanadi.    Qaysi  tomondagi 

muskul   tolalari  qisqarsa   gidraning  tanasi  o‘sha  tomonga  egiladi.  Tananing ikki  

yonidagi    muskullar    galma-galdan    qisqarganida    gidra  goh    paypaslagichlarida,  

goh  tovonida  turib,  sekin-asta  umbaloq oshib  harakatlanadi.  Gidra  «odimlab»  

ham    harakatlanadi.  Buning uchun  u  avval  tanasini  egib,  paypaslagichlari  bilan  

o‘zi  o‘tirgan joyga yopishadi.  Shundan  so‘ng  tanasining  keyingi  qismini  tortib  

olib,  birinchi    «qadami»    ni    tashlaydi.    Keyin   bosh  tomonini  oldinga  suradi va  

yana    tovon    qismini    tortib    oladi.    Bu    gidraning    ikkinchi    «qadami»  bo‘ladi.  

Gidra    teri-muskul    hujayralari    yordamida    paypaslagichlarini  tortib  olishi  yoki  

cho'zishi  mumkin.  Tashqi    qavat    hujayralari    orasida    otuvchi    hujayralar    ham  

bor.  Bunday    hujayralar    ayniqsa    paypaslagichlarda    juda  ko‘p  bo‘ladi. Otuvchi  

hujayralarning    sirtida    ingichka    sezgir  tukchalar,  uning    ichida  otuvchi  kapsulasi 

(pufakchasi)  bo‘ladi.  Kapsula  kuydiruvchi  suyuqlikka  to‘la    bo’lib,    suyuqlikda  

ingichka   va  uzun  navchaga  o'xshash  otiluvchi ipcha spiral o‘ralib turadi.



 

   


Suvda    suzib    yurgan    jonivorlar    (mayda    qisqichbaqasimonlar,    baliq 

chavoqlari)    sezgir    tukchalarga    tegib    ketganida    kapsuladan    otiluvchi  ipcha  

otilib    chiqib,    hayvon    tanasiga    sanchiladi.    Kapsula    ichidagi  zaharli    suyuqlik  

ipcha    naychasidan    o‘lja    tanasiga    oqib    o'tadi.    Odatda,  gidraning 

paypaslagichlarida  joylashgan  yuzlab  otuvchi  hujayralarning  ipchalari    birdaniga  

otilib    chiqadi.    Zaharli    suyuqlik    ta’sirida    mayda  hayvonlar    tezda    nobud  




bo‘lishi    yoki    falaj    bo‘lib    qolishi    mumkin.  Tutilgan    o‘ljani    gidra  

paypaslagichlari    yordamida    og'ziga    tortib    oladi  va  yutib    yuboradi.    Otuvchi  

hujayralar    gidrani    dushmanlardan    himoya  ham    qiladi.    Shuning    uchun    suv  

hayvonlari   (baliqlar,   hasharotlar) gidraga  tegmaydi. 




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə