12-rasm.
Taroqlilar sinfi
. Bu sinfga kiruvchi barcha kovakichlilar ham dengiz
hayvonlari bo`lib, ular xaltasimon yoki noksimon shaklga va taroqsimon
plastinkaga ega (13-rasm). Ayrim taroqlilarning shakli yassilashgan bo`lib, ular
voyaga yetgan paytda taroqsimon plastinkalarini yo`qotadi va siljib harakat qiladi.
Siljib yurish esa tana shaklini o`zgarishiga olib keladi. Bunday taroqlilarning
tuzilishida ayrim dengizlarda yashovchi yassi chuvalchanglar bilan birmuncha
o`xshashlik seziladi. Taroqlilarning nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv
to`ridan iborat. Hazm sistemasi esa murakkab tuzilgan. Taroqlilar germafrodit,
ko`payishi faqat jinsiy yo`l bilan kechadi. Otalanishi tashqi.
|