Кўп ҳужайралилар



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/31
tarix11.05.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#86581
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Кўп ужайралилар

13-rasm. 

   

 

   

Bo'shliqichlilarning 

kelib 

chiqishi.

 

Bo'shliqichlilarning 



hujayralari 

ihtisoslashmaganligi    ularni    sodda    tuzilgan    ko'p    hujayralilarga    mansub 

ekanligini    ko'rsatadi.    Tanasida    xivchinli    hujayralarning    bo'lishi,  oziqni   qamrab  

olib,    hujayra    ichida    hazm    qilish    (fagotsitoz)    xususiyati  bo'shliqichlilarni    bir  

hujayrali    xivchinlilarga    yaqinlashtiradi.    Olimlar  qadimgi    koloniya  bo'lib 

yashovchi    bir    hujayrali    xivchinlilardan    dastlab  gidroid    poliplar,    keyinroq  

ssifoid  meduzalar   va  korall  poliplar   kelib  chiqqanligini   taxmin   qilishadi. 



Xulosa 

 

Xulosa  qilib  aytadigan  bo’lsak,  ko’p  hujayralilar  hech  shubhasiz  bir 



hujayralilardan  kelib  chiqqan.  Chunki  evolutsion  nuqtai  –  nazardan  bir 

hujayralilar  eng  qadimgi  organizmlar  bo’lganidan,  ularning  ayrim  guruhlaridan 

ko’p  hujayralilar  kelib  chiqqan  bo’lishi  mumkin.  Bir  hujayralilar  va  ko’p 

hujayralilarning 

jinssiz 

va 


jinsiy 

ko’payish 

davrida 

sodir 


bo’ladigan 

jarayonlarning  o’xshashligi  ana  shundan  dalolat  beradi.  Bundan  tashqari  ko’p 

hujayralilar  embrional  rivojlanishi  boshlang’ich  davrlari  ayrim  bir  hujayralilar  va 

koloniya  bo’lib  yashovchi  sodda  hayvonlarga  o’xshaydi.  Bu  dalillar  eng  tuban 

tuzilgan  ko’p hujayralilarni  bir hujayralilardan  kelib  chiqqanligini  ko’rsatadi. 

Ko’p  hujayralilar  ajdodi  xivchinlilar  hisoblanadi.  Eng  murakkab  tuzilgan 

infuzoriyalar  ikki  xil  yadroga  ega.  Ko’p  hujayralilar  orasida  esa  ikki  xil  yadroligi 

uchramaydi.  Sporalilardan  ham  ko’p  hujayralilar  kelib  chiqishi  mumkin  emas. 

Chunki  parazit  hayot  kechirish  organizmning  mukammallashuviga  imkon 

bermaydi.  Soxta  oyoqlilarning  passiv  hayot  kechirishi  va  tanasini  chig’anoqqa 

o’rab  olishi  ham  ularning  takomillashuviga  imkon  bermaydi.  Ana  shu  sababdan 

faqat  geterotrof  faol  hayot  kechiradigan  xivchinlilargina  tuban  tuzilgan  ko’p 

hujayralilarning  ajdodi  bo’lishi  mumkin.  Olimlarning  fikricha  ko’p  hujayralilar 

koloniya  bo’lib  yashovchi  xivchinlilardan  kelib  chiqqan.  Evolutsion  jarayonda 

hujayralarning  tuzilishi  va  funksiyasi  murakkablashib  borib,  ulardan  to’qimalar 

va organlar  paydo bo’lgan.  

 

Ko’p  hujayralilar  an’anaviy  ravishda  umurtqalilar  (xordalilar  tipi)  va 



umurtqasizlar(qolgan  barcha  tiplar),  ikki  qavatlilar  (g’ovaktanlilar,  bo’shliq 

taroqlilar),  va  uch  qavatlilar,  radial  simmetriyalilar  (bo’shliqichlilar,  ignaterililar), 

ikki  yonlama  (bilateral)  simmetriyalilar  (ko’pchilik  ko’p  hujayralilar),  birlamchi 

bo’shliqlilar  (to’garak  chuvalchanglar)  va  ikkilamchi  bo’shliqlilar  (halqali 

chuvlchanglar,  ignaterililar,  xordalilar)  kabi bo’limlarga  ajratiladi.   


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə