2. A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlarning
embriologiya sohasidagi asosiy ishlari
A.O.Kovalevskiy
(1840-1901) va
I.I.Mechnikov
(1845-1916) larning
embriologiya sohasidagi ishlari bo`yicha har bir organizmning embrional
taraqqiyoti otalangan tuxum hujayrasi - zigotadan boshlanadi. Zigota o`z
navbatida ko`pdan-ko`p hujayralarga -
blastomerlarga
bo`linadi, blastomerlar bir
joyga to`plana borib
morulani
hosil qiladi. Keyinchalik bir qavat hujayralardan
tashkil topgan sharsimon yoki ovalsimon blastula hosil bo`ladi. Blastulaning
ichida katta bo`shliq hosil bo`lib, bu bo`shliq blastotsel deb ataladi. Kelgusi
taraqqiyot davrida blastula invaginatsiya yo`li (ichkariga qaytib kirish) yoki
immigratsiya (hujayralarning bir qutib tomonga o`sib kirishi) yo`llari bilan ikki
qator joylashgan qatlamga - ektoderma va endodermaga ega bo`lgan gastrulaga
aylanadi. Yangidan hosil bo`lgan bo`shliq gastrotsel deb atalib, bu bo`shliq
tashqariga blastopor yoki birlamchi og`iz deb yuritiluvchi teshik bilan ochiladi.
Ko`pchilik umurtqasiz hayvonlarning voyaga yetgan shakllarida (chuvalchanglar,
bo`g`imoyoqlilar, mollyuskalar) bu teshik ularning og`ziga aylanadi. Shu sababli
bu hayvonlar
Dostları ilə paylaş: |