embrion varaqchalari
har xil to`qima va
organlarni yuzaga keltiradi. Terining tashqi qatlami (epidermis), teri bezlari, yog`
va yog` bezlari, soch, tishning emal qatlami, shox moddadan tashkil topgan har xil
tuzilmalar, nerv sistema, ko`payish, sezish organlari (qabul qiluvchi hujayrali)
ektodermaning mahsulotidir. Bundan tashqari hayvonlarning og`iz bo`shlig`i,
ichakning orqa chiqaruv teshigi bilan qo`shilgan qismi, jabra yoriqlari ham
ektoderma bilan qoplangan (ayrim hayvon guruhlarida oldingi va orqa ichak
umuman ektodermali bo`ladi). Entodermadan ovqat hazm qilish organlari, asosan
o`rta ichak, hamda jigar, oshqozon osti bezi, o`pka, timus, qalqonsimon bezlar
(baliqlarning havo pufakchalari) hosil bo`ladi. Ko`pchilik organlar: qon aylanish
sistemasi, ayirish va jinsiy organlar sistemalari, barcha muskullar, qorin pardasi,
biriktiruvchi to`qima va uning unumlari - chin teri (kutis), tog`ay va suyak
skeletlari mezodermaning mahsulotidir.
Embrion
varaqlarining hosil bo`lishini chuqur o`rganish natijasida
A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar embrion varaqchalari to`g`risida maxsus
nazariya yaratishgan. Ularning fandagi xizmatlari butun bor umurtqasiz
hayvonlarning
embrional
taraqqiyotini
o`rganish
asosida
bulutlar
va
kovakichlilarda embrion varaqchalarini ektoderma va entodermadan nari
o’tmasligini, qolgan umurtqasizlarda esa uchta embrion yaproqchasini hosil
bo`lishini aniqlashdadir. Ular yaratgan embrion varaqchalari to`g`risidagi
ma`lumotlar har bir varaqchalarning hosilalarini ham aniqlab bergan.
Dostları ilə paylaş: |