Kredit modul tizimining raqamlashtirish Reja: Ta'limning kredit-modul tizimi o‘zi nima?


Bugungi raqamlashtirish sharoitida raqamli



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#158037
1   2   3
Bugungi raqamlashtirish sharoitida raqamli savodxonlikni oshirish konceptual hujjatlarda, shuningdek, davlat rahbari tomonidan asosiy vazifalar sifatida belgilab berilayotgan bo'lsa ham, ushbu tushunchalar amaldagi qonunchiligimizda o'z aksini topmagan. Ammo, axborottexnologiyalari sohasidagi talim berishni takomillashtirishda «Raqamli O'zbekiston-2030» Strategiyasining 2-bobida qo'yidagicha asosiy yo'nalishlar bo'yicha chora-tadbirlar nazarda tutilganligini ko'rish mumkin: aholining raqamli ko'nikmalarini oshirishgadoir; davlat boshqaruvida raqamli ko'nikmalarni oshirishga doir; talim sohasida raqamli ko'nikmalarni oshirish yo'naltirilgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir.
Qayd etish kerakki, raqamlashtirish bo'yicha davlat dasturlarining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi davlat organlari xodimlari va xalqning raqamli savodxonligiga bog'liq ekanligini amaliyot ham tasdiqlamoqda. Haqiqatdan ham, davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasidagi yuqori darajadagi raqamli madaniyat mamlakatdagi raqamli transformaciyaning harakatlandiruvchi kuchiga aylanishi mumkin
4.Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, Qozog'iston Respublikasida "raqamli savodxonlik" huquqiy kategoriya sifatida shakllantirilib, "Raqamli savodxonlik -bu shaxsning kundalik va kasbiy faoliyatidaaxborot-kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish bilimi va qobiliyatidir"deya "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonuni5ning 1-moddasi 56-bandida talqin etilgan.Bundan tashqari, ushbu qonunda raqamli savodxonlikni oshirish axborotlashtirish sohasidagidavlat boshqaruvining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.Raqamli savodxonlik -raqamli foydalanish, raqamli kompetenciya, raqamli xavfsizlik tarkibidan iborat bo'lib, ushbu tushunchaga berilgan tariflar ichida YUNESKO tomonidan berilgan tarifbirmuncha kengrok, yani: «raqamli axborot vositalari bilan ishlash, axborotni qidirish va qayta ishlash uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalar to'plami»6.Atrofdagi mintaqa davlatlari orasida Qozog'istonda raqamli texnologiyalar sohasida milliy savodxonlikni oshirishning kompleks rejasi qabul qilingan bo'lib, undan O'zbekiston namuna sifatida foydalanishi mumkin. 2018 yilda Qozog'iston aholisining raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonligi darajasi allaqachon 77%ni tashkil etgan, ammo Qozog'iston AKT vazirligi 2022 yilga borib uni 83%gacha oshirish rejasini ishlab chiqdi. Milliy rejaga muvofiq, raqamlisavodxonlikka o'rgatish bo'yicha javobgarlik davlat organlari o'rtasida aniq taqsimlangan. Markaziy hukumat vazirliklari o'zlari masul bo'lgan tegishli sohalarda mutaxassislarni tayyorlash uchun javob bersalar, mahalliy hokimiyat organlariga aholining keng qatlamlarini tayyorlash javobgarligi yuklatilgan.Singapurda hukumat aholining raqamli savodxonligi oshirish bo'yicha birnechta loyihalarni, jumladan, Silver Infocomm Initiative (SII) loyihasini ishlab chiqilib, u keksa yoshdagilarni o'qitish orqali aloqa bo'shlig'ini to'ldirishni maqsad qilgan7. Shuningdek, Portugaliyada Citizen Spot loyihasi orqali internetdan foydalana olmaydigan va imkoniyati yo'k shaxslar uchun davlat organlari va xususiy sektor xodimlari tomonidan onlayn xizmatlardan foydalanishda yordam beriladi va ushbu usul orqali aholining raqamli savodxonligi oshishiga, raqamli to'siqlarning bartaraf etilishiga erishilmoqdaBizga ma'lumki hozirgi tezkor rivojlanib kelayotgan mamlakatlarning asosiy iqtisodiy madaniy va boshqa sohalarining asosiy negizi raqamlashtirilgan. Bu esa hozirgi XXI asrning asosiy ko'rinishi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Misol tariqasida Prezidentimizning quyidagi fikrlariga nazar solsak "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur", -dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev1. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «Raqamli iqtisodiyotga o'tish» konsepsiyasini ishlab chiqishda axborot xavfsizligiga alohida etibor berish kerak ekanligini ta'kidlab o'tdi.Prezident SHavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomalarida 2020 yilni -"Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildilar. SHuni mamnuniyat, g'urur va iftixor bilan ta'kidlash mumkinki, bu murojaatnoma nafaqat 2020 yil uchun qo'llanma va yo'llanma vositasida, balkim, O'zbekistonni yaqin o'rta muddatga taraqqiyot yo'lini belgilab beruvchi Dastur sifatida fundamental ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy hujjat sifatida baholash mumkin. Umuman, har qanday fan, jumladan, iqtisodiyot, qolaversa, jamiyat matematika yutuqlaridan o'rinli foydalanmasa yuksaklikka erisha olmaydi.Keng ma’noda hozirda olib borilayotgan chora tadbirlar ta’lim sohasiga ham bevosita aloqador va uzviy bog’liq bo’lib hisoblanadi. Ya’ni bunda kredit-modul tizimiga raqamlashtirish texnologiyalarini ham kiritish va uni takomillashtirish chora tadbirlari keng olib borilmoqda. Uning dalili o’laroq o’rta ta’lim maktablari shu bilan birga oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar hayoti va o’qish texnikasi javob beradi.
Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə