Kun tartibi: 1”Jinoyatchilikni oldining oldini olish ”va “Korrupsiyaga qarshi kurash”mavzusida tarbiyaviy tadbir tashkil etish. Eshitildi



Yüklə 17,2 Kb.
tarix03.01.2022
ölçüsü17,2 Kb.
#82539
12 mart


Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 7-1 JM-18 guruhida o’tkazilgan ”Jinoyatchilikni oldining oldini olish ”va “Korrupsiyaga qarshi kurash”talabalar bilan ochiq muloqot mavzusida tadbir yig’ilish

BAYONNOMASI

Buxoro shahri 12 mart 2021 yil

Qatnashdi: : N.I.Davronov guruh rahbari, 7-1 JM-18 guruh talabalari

Kun tartibi:

1”Jinoyatchilikni oldining oldini olish ”va “Korrupsiyaga qarshi kurash”mavzusida tarbiyaviy tadbir tashkil etish.

Eshitildi:

N.I.Davronov (yig’ilish raisi Guruhumizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig’ilishimiz talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish yuzasidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga qaratilgan edi. 


Shu munosabat bilan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish masalasi – davr talabi» mavzuida ma’rifiy haftalik dasturi ishlab chiqildi. 
Dasturga muvofiq guruhimizning barcha talabalarini qamrab olgan holda huquq-tartibot idoralari, diniy soha vakillari, mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan masalalar muhokama qilindi. 
– Ko‘pchiligimiz jinoyat deganda, birovga tan jarohati yetkazish, joniga qasd qilish, o‘g‘rilik, firibgarlikni tushunamiz, – dedi guruh talabasi Mirzayev M, kimnidir behurmat qilish, yolg‘on gapirish, yomonlikning oldini olishga harakat qilmaslik, beparvo bo‘lish ham qaysidir ma’noda jinoyatga asos bo‘lishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.

Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.

Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.



Shundan so’ng talabalardan Qurbonov F, Baxtiyorov. A o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. Yig’ilish ko’rilgan masala yuzasidan

Qaror qiladi:

1.Guruh rahbari N.I.Davronovning “Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish ” mavzusida bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin

2. Yoshlar Korrupsiyaga qarshi kurash tadbiriga guruh talabalari faol ishtiriok etishlari taminlansin.



Yig’ilish raisi: N.I.Davronov

Yig’ilish kotibi: I.Zikriyoyev
Yüklə 17,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə