Kun tartibi



Yüklə 13,08 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü13,08 Kb.
#97501
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA


Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Ilmiy kengashining 5-yig‘ilish BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA


16.12.2022-yil Qarshi shahri
Qatnashdilar: fakultet Ilmiy kengashi a’zolari
va professor-o'qituvchilar.


KUN TARTIBI:
4. Har xil masalalar.
QarshiDU o'zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti K.Jumayeva hamda O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.f.d. R.Fayzullayevalarning “Muhammadrasul Mirzo “Devon”ining zamonaviy variantini nashrga tavsiya etish to'g'risida.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan fakultet dekani G.Ernazarova so‘zga chiqib, kengash a’zolarini o'zbek tilshunosligi kafedrasi hamda o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasining 12.2022- yildagi -sonli hamda o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasining 13.12.2022-yildagi yig'ilish qarorlari bilan tanishtirdi. Unda o'zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti K.Jumayeva hamda o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi M.Fayzullayevalaming Muhammadrasul Mirzoning “Devon”ining zamonaviy variantini tayyorlab bo'lganliklari va endi bu tabdilni nashrga tavsiya etish lozimligi haqida gapirdi. Notiq ushbu tabdil uchun o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori T.Jumayev ilmiy muharrir etib belgilangani hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori I.Islomov va Qarshi davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi N.Yuldashevalar tomonidan taqriz berilgani xususida to'xtaldi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan o'zbek tilshunosligi kafedrasi professori B.Baxriddinova, shu kafedra dotsenti N.Yuldosheva, Adabiyotshunoslik kafedrasi professorlari N.Shodmonov, G.Imomovalar so'zga chiqib, K.Jumayeva va R.Fayzullayevalar tomonidan tayyorlangan nazmiy matnning zaruriyati to’g’risida, uning o'zbek tili tarixini, shuningdek, o'zbek mumtoz adabiyotini o’qitishda muhim qiymatga ega ekanligi xususida to'xtalishdi.
Ko'rib o'tilganlar asosida fakultet kengashi


QAROR QILADI:
1. O'zbek tilshunosligi hamda o'zbek adabiyotshunosligi kafedralarining 16.12. 12022-yildagi 5-sonli va o'zbek tilshunosligi kafedrasining 3.12.2022-yildagi 5-sonli yig‘ilish qarorlari ma'qullansin.
2. QarshiDU o'zbek tilshunosligi kafedrasi doktoranti K.Jumayeva hamda o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasining katta o'qituvchisi R.Fayzullayevalarning “Muhammadrasul Mirzo “Devon"ining zamonaviy varianti nashrga tavsiya qilinsin..
3. Fakultet kengashi qarorini tasdiqlash universitet Ilmiy kengashidan so'ralsin.
Fakultet kengashi raisi: G.Ernazarova
Kotiba: Y.Ne’matova
Yüklə 13,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə