Kurs ishi mavzu: O’smirning nizoli xulq – atvorini guruhdagi tengdoshlar munosabatiga ta’siri



Yüklə 127,49 Kb.
səhifə1/12
tarix09.06.2022
ölçüsü127,49 Kb.
#89182
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Nizoli xulq atvor


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim vazirligi Guliston Davlat Universiteti Pedagogika Fakulteti Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi ___ guruh talabasi


___________________________.
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanidan.
KURS ISHI
Mavzu:O’smirning nizoli xulq – atvorini guruhdagi tengdoshlar munosabatiga ta’siri.



Ilmiy raxbar: _________________________.
Ishni topshiruvchi: _______________________.


Guliston 2022.

Mundarija:

Kirish…………………………………………………………...…3
I. BOB. O'smirlar o'rtasidagi nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik masalalari……………………………………………………..5
1.1. O’smirlar orasida kechadigan asosiy jarayonlar………………….6
1.2. O'smirlarning ruhiy muammolari…………………………………14
II. BOB. O’smirning nizoli xulq atvori uning aqliy rivojlanishga ta’siri.
2.1. O'smirning aqliy rivojlanishining xususiyatlari…………………16
2.2. O'smirlar bilan ishlashning asosiy yo'nalishlari…………………23
III. BOB. Tengdoshlar bilan muloqotning asosiy tomonlari………...27
3.2. Tengdoshlar bilan muloqot etakchi faoliyat turi sifatida……….28
3.2. O'smirlik davridagi tengdoshlar bilan muloqotning xususiyatlari. O'smirlarning tengdoshlari bilan muloqotidagi marosimlar………...33
Xulosa………………………………………………………………..…..28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………39

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Istiqlolga erishgan O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning hayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik bois, xalqimiz o’zining buyuk kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda ulug’ ajdodlarimiz buyuk pedagog, faylasuflar, din arboblari, mutasavvif donishmandlar, ulug’ allomalarning ta’limotlarini o’rganish sari yo’l ochildi. Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy tadqiq qilib rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratildi.
Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko’p jihatdan uning intellektual potensiali bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg’or bo’ladi. O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaginidek, Vatanimiz kelajagi islohatlarning taqdiri va ularning natijalari, xalqimizning bilim darajasi davr talabiga va tarraqqiyotiga qanchalik mosligiga, qanday mutaxassislar yetkazib berib, o’rnimizni egallashlariga bog’liqdir. Shuning uchun mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayapti. Shunga ko’ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o’ziga xos talablari mavjud:
Birinchidan, o’quvchi-talabalarning kasbiy bilimlarni o’zlashtirish darajasi davlat tarmoq ta’lim standartlari talablariga mosligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalari doirasini to’liq qamrab olishga erishish.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni o’zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko’nikmalariga ega bo’lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash shartlari hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillaridan biri, ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs- fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ruyobga chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining asosi va ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni, tarixiy, madaniy, ma’rifiy merosni tiklash ulug’ mutafakkirlarimizning ta’limotlarini o’rganish, pedagogik ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, shu asosda tug’ilgan fikr va mulohazalarni yosh avlod ongiga singdirish, yurtimizda ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish uchun dunyoviy ta’lim yutuqlarini baholash bilan birga ma’naviyat olamining muqaddas kitobi va risolalari, tasavvuf namoyandalari asarlaridan keng foydalanish lozim (Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. –T.: O‘zbekiston. 1999. -349-354 b.)
Kurs ishining maqsadi: O’smirlar orasida kechadigan nizoli vaziyatlarni psixologik xususiyatlarini amaliy tajribalar asosida o’rganish.

Yüklə 127,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə