Kurs ishi Mavzu


Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud



Yüklə 152,13 Kb.
səhifə7/17
tarix10.04.2023
ölçüsü152,13 Kb.
#104888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Kurs ishi Mavzu Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalani

Keys bilan ishlash jarayonida oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:
1. Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin;
2. Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin; 
3. Muammo ustida oʻquvchi(talaba)lar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday yordam bermasligi mumkin. 


Oʻquvchi(talaba)lar tomonidan keysni yechish bosqichlari: 
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar oʻquvchi(talaba)larning keysni hal etish 
texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, ta’limiy maqsadlarga erishishda yanada
koʻproq samaraga erishish mumkin:


Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.

Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.

Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish. 

Oʻquvchi(talaba) mustaqil ravishda:
1) keys materiallari bilan tanishadi; 
2) taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi; 
3) muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
4) berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
5) taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi. 


Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash 

Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida 

ishlashadi:
1) guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
2) yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, 
qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi; 
3) muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar; 
4) taqdimotga tayyorlanadilar namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.


Yüklə 152,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə