Kurs ishi topshirdi: Rahimov Asliddin Qabul qiladi: Qo’shayev t termiz – 2022 Mavzu



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə1/8
tarix22.02.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#101293
  1   2   3   4   5   6   7   8
Asliddin Valyuta



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot va turizm FAKULTETI
Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi 3-kurs I-119 guruh talabasi
Rahimov Asliddinning
“ Valyuta mablag’lari harakati tahlili” mavzusida
“Iqtisodiy tahlil va audit”
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI



Topshirdi: Rahimov Asliddin
Qabul qiladi: Qo’shayev T

Termiz – 2022
Mavzu: Valyuta mablag’lari harakati tahlili
Reja:
Kirish

  1. Valyuta mablag’lari harakati tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari

  2. Hozirgi qiymatga keltirilgan kelajakda kutilayotgan sof pul oqimlari usuli va uning tahlili

  3. Pul oqimlarini prognozlash

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mustaqil ish mavzusining dolzarbligi. Mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqqa nisbatan erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish
uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va uni
sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish huquqini berdi va bu
moliyaviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi.
Yangicha ish yuritish, jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali
mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini
o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini
yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va
shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning
ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish
darajasini aniqlashga yodam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini
yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan
korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortdi,
chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan
resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish dolzarb muammoga
aylanadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbi
larmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini
moliyaviy natijalari – foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy
ko‘rsatkichlariga aylanadi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan
bir sharoitda, iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va
barqaror rivojlanishi muhim hisoblanadi. Mustaqil mamlakatimiz
dastlabki yillardanoq sobiq ittifoq respublikalari singari rejali va
markazlashtirilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun
qadam qo‘ya boshladi. Mustaqillik yillarida respublikamizda iqtisodiy
islohotlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘ziga xos va mos bo‘lgan bosqichma-bosqich hamda kuchli ijtimoiy muhofaza qilish yo‘lini tanladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni rivojlanishini alohida ta‘kidlab o‘tish zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 yanvarda “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonini tasdiqladi. Shu jumladan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, budjet-soliq siyosatini isloh qilish, nazorat qilish, uni yanada takomillashtirish chora tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.1

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə