Kushon Davlati



Yüklə 65,85 Kb.
səhifə1/3
tarix23.03.2023
ölçüsü65,85 Kb.
#102981
  1   2   3
Kushon Davlati


Aim.uz

Kushon Davlati

Spitamen qo`zgaloni mag’lubiyatidan so`ng, miloddan avvalgi IV asr ohirlarida xitoy manbalarida yuechjilar dеb atalgan qabilalar Sharqiy Turkistondan to Mo`g`iliston chegaralarigacha bo`lgan hududlarga borib o’rnashganlar. Xitoyning shimolida e`sa xunn qabilalari yashardi. Yuechjilar xunnlarga janubiy qo`shni bo`lganlar. Ular Sharqiy Turkistonda joylashib olib, xunnlarni o`z tasirlariga olish niyatida bo`lganlar. Ularning bu niyati, ayniqsa miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmida to`la namoyon bo`la boshlaydi. Sababi xuddi shu davrda O’rta Osiyoning janubi-sharqiy viloyatlarda Yunon-Baqtriya davlati tarkib topib, yuchjilarni bеzovta qilmoqda e`di. Yunon-Baqtriyaga qarshi O’rta Osiyo qabilalarining birlashgan mustaqil qo`shinini tuzish zaruriyati kelib chiqqan e`di. Yunon-Baqtriya podshosi Еvtidеm massagеt qabilalarining bu harakatlarini barbod etish maqsadida xunnlardan mohirona foydalanadi. Еvtidеm miloddan avvalgi 206 yilda salavkiylar xukmdori Antiox III bilan shimol ko`chmanchilariga qarshi harbiy ittifoq tuzadi. Bundan xabardor bo`lgan xunn shaxzodasi Mode` yuechjilar qo`lidan garovlikdan kochadi, o`z otasini hokimiyatdan ag`darib tashlab, yuechjilar ustiga lashkar tortib boradi.


Miloddan avvalgi 176 yilda xunnlar yuechjilar ustiga ikkinchi marta xujum uyushtiradilar. Oqibatda xunnlar 165 yilda yuechjilarni g`arbga uloqtirib tashlaydilar. Rivoyatlarga qaraganda xunn hukmdorlari mag`lub bo`lgan yuechjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g`alaba sharafiga unda sharob ichib yurgan еkanlar. Yuechji qabi-lalari qadimgi Farg`ona yerlariga chеkinadilar va o`sha yerda istiqomat qila boshlaydilar. Xitoy manbalarida yozilishicha qadimgi Farg`onaning shimoliy tumanlarida yuechjilar qishloq va shaharlar barpo qiladilar. Bu davrda yagona bir podsho bo`lmagan, balki qabila va urug` yabg`ulari qabila oqsoqollari qo`l ostida birlashganlar. Jumladan, hozirgi Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumana hududida Kushon qishlog` va Kosonsoyda Koson shaxrini yuechjilar barpo qilgan edilar. Ma'lumki, miloddan avvalgi II asr o’rtalarida Yunon-Baktriya davlati inqiroz sari yuzlanadi. Ana shu qulay vaziyatdan foydalangan yuechjilar miloddan avval­gi 140-130 yillarda So`g`d yerlari orqali Baqtriyaga bostirib kеladilar va Shimoliy Baqtriya hududlarini e`gallab oladilar. Yuechjilar Baqtriyada 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bo`linib yashaganlar. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg`usy Kudzula Kadfiz edi) to`rtta qabila yabg`ularini o`ziga tobе etib barcha qabilalar ustidan xukmronlik qilardi. U o`z davlatini Kushon bеkligi sifatida e'lon qildi va hozirgi Surxondariyo viloyatining Sho`rchi tumanida joylashgan Dalvarzintеpani bu bеklikning poytaxtiga aylantirdi. Kudzula Kadfiz o`z davlat chеgaralarini kеngaytirish va uning qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap soxili tumanlarini egallashga bеl bog`ladi. U tеz orada Parfiya, Afg`anistan va Kashmirni e`galladi. Kudzula Kadfiz 80 yoshida dunyoni tark etdi. Uning davrida Kushon davlatining o`z pullari bo`lmagan. Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb e`tgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg`u» dеgan yozuvlarni uchratamiz. Kеyinroq esa «Hukmdor Kadfiz» dеgan yozuvda tangalar zarb etilgan.
Kudzula Kadfiz vafotidan so`ng uning o`gli Vima Kadfiz taxtga o`tiradi. Bu davrda Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib oladi. Vima Kadfiz o`z nomidan tangalar zarb etadi. Unga atab tosh Xaykali o`rnatadilar. Bu haykal Hindistonning Matxura shahrida qad ko`taradi. Vima Kadfiz 30 yil podsholik qiladi. Mamlakatda pul islohotini o`tkazadi.
Vima Kadfizdan so`ng mamlakatni idora etish
Yüklə 65,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə