Kushon davlatinig kelib chiqishi Kushon davlati madaniyati Kushonlar davlati


Eski Angor, Zang, So'g'ddagi Darg'om kanallari



Yüklə 29,82 Kb.
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü29,82 Kb.
#163522
1   2   3   4   5
Kushon davlatinig kelib chiqishi Kushon davlati madaniyati-fayllar.org

Eski Angor, Zang, So'g'ddagi Darg'om kanallari shular jumlasidandir. Vatanimiz hududida shaharsozlik, me'morchilik, haykaltaroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Buni ko'hna Tuproqqal'a, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari o'rnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ayni chog'da, Kushonlar davrida moddiy va ma'naviy madaniyat yonma-yon tarzda rivojlanib borgan, deb xulosa chiqarishga to'laasoslarbor.

Kushonlar davri madaniyatining muhim, katta yutuqlaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o'zaro yaqinlashib, bir-birlarini to'ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir-birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo'l ochgan, umumiy yuk-salishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O'rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o'lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug' ajdodlarimiz ma'naviy hayotidagi jiddiy o'zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O'rta Osiyo xalqlarini bir-birlariga ma'nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko'rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga oid ashyoviy dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma'naviy mada-niyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.


http://fayllar.org
Yüklə 29,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə